Yevropa o’lkalari anti Turkiya siyosat izlab terror tahshkilotlarini himoya qilmoqda

Bosh vazir Binali Yildirim, Yevropa o’lkalari, PKK va Fatullahch terror tashkiloti (FETO) kabi   yomonlik  markazlarini himoya qilib anti Turkiya siyosati izlaganini aytdi.

704338
Yevropa o’lkalari anti Turkiya siyosat izlab terror tahshkilotlarini himoya qilmoqda

Bosh vazir Binali Yildirim, Yevropa o’lkalari, PKK va Fatullahch terror tashkiloti (FETO) kabi   yomonlik  markazlarini himoya qilib anti Turkiya siyosati izlaganini aytdi.

Bosh vazir Yildirim, Kayserida oqshom ziyofatida, fikr rahbarlari va nohukumat tashkilot namoyandalari bilan uchrashdi.

Turkiyada 16- apreldan  bo’lib o’tadigan konstitutsiya o’zgarishi referendum borasida Yevropa o’lkalari ochiq ravishda taraf tutib natijaning salbiy chiqishi uchun urinmoqda degan Yildirim janoblari,

“ Bugun FETO, PKK, DEASh, Yevropa, ba’zi o’lkalar  ushbu maqsad uchun  ittifoq holida “rad” kompaniyasi olib bormoqdalar. Bu juda ma’noli, ya’ni bu konstitutsiya o’zgarishining  Yevropaliklar uchun nima foydasi bor?

Yevropaliklar bizning konstitutsiya o’zgarishiga ovoz  beradimi ? Bular nima uchun PKK, FETOni  himoya qilmoqda ?” deya reaksiya ko’rsatdi.

Turkiyaning o’sishi, rivojlanishini xahlamagan  mazkur muhitlar taraf  tutib, olib borayotgan kompaniyada chegara tanimayapti  dedi bosh vazir janoblar,

“ Yevropa, bo’lginchi to’da boshchisining portretlarini ko’chalarida. Ko’chalar PKK, FETO tarafdorlari bilan to’lib toshmoqda. Bunga kimsa e’tiroz qilmayapti faqat Turkiya, Yevropaga  yurtdoshlarimiz bilan uchrashish uchun borgan deputatlarimizga, vazirlarimizga eshiklarini  yopiq qo’ygan. Yevropa qadriyatlari  deb yildir bizga nasihat chekkanlarning haqiqiy yuzini yana bir bor ko’rdik.” deb ma’lum qildi.

Bosh vazir  Yildirim, Turkiya  faqat o’z hududida kuchli bo’lishi yetarli emas, kuchli  qolish majburiyatida bordir deb ishora qildi.

Turkiya  tarixning har davrida juda strategik vaziyatda edi degan Yildirim janoblari,

“ Bu tuproqlar, dunyoning kelajagini o’zgartirgan mintaqalar bo’lgan.

Barcha voqealar Turkiyaning atrofida davom etmoqda. Ushbu nozik sharoitga qaramasdan kuchli bo’lib davom etishimiz kerak.   Yomonlik markazlari  buni bilganlari uchun  Turkiya o’z  kelajagini insho etib qadamlar tashlashmasin deya  bor kuchi bilan sa’y- harakat qilmoqda. deb aytdi.

Yildirim, ushbu konstitutsiya  o’zgarishi muhim ekanini ta’kidlab,  

“ Konstitutsiyani unday o’zgartiramiz ki barcha vasiyliklarni bekor qilamiz. Har narsaning egasi millat bo’ladi” dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Yevropa , #Turkiya , #PKK , #FETO , #Himoya , #Referendum

Aloqador xabarlar