N. Kurtulmush: “Tillerson, Turkiyaning xavfsizlik faoliyatlarini yuqori baholadi”.

Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush TRT Haber kanali dasturida AQSh Davlat kotibi Rex Tillersonning Turkiyaning xavfsiligi haqidagi fikri, Firat qalqoni amaliyotining maqsadi va Kerkukdagi bayroq muammosi masalalariga to’xtaldi.

702809
N. Kurtulmush: “Tillerson, Turkiyaning xavfsizlik faoliyatlarini yuqori baholadi”.

Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Rex Tillersonning Turkiyaga tashrifi chog’ida Turkiyaning xavfsizlik faoliyatlarini yuqori baholaganligini qayd etdi.  

TRT Haber kanali dasturida ishtirok etgan Kurtulmush, Qo’shma shtatlariga Kanada yoki Janubiy Afrikaga ketishi ehtimoli bo’lgan Fetullahchi terror tashkiloti, Parallel Davlat tuzilmasi to’daboshining ekstraditsiya qilinishi masalasini ham yetkazganligini ifodaladi.

Suriya masalasida esa maydondagi o’zgaruvchan vaziyatga to’xtalgan Kurtulmush,

“Suriyaning shimolida terror tashkiloti tomonidan bir davlatning tashkil etilishiga yo’l qoyilmasligi darkor. Firat qalqoni amaliyotining eng asosiy maqsadlaridan biri Suriyaning hududiy yaxlitligining himoya qilinishidir. Ikkinchisi esa Turkiyaga mintaqadan keladigan tahditlarning kamaytirilishi. Uchinchisi esa, mintaqani xavfsiz hududga aylantirib, o’z egalariga topshirishdir. Suriya uchun maydonda kurash olib borar ekanmiz ayni vaqtda muzokaralarni ham chetda qoldirmasligimiz shart” deya gapirdi.

Bosh vazir o’rinbosari, Iroqning Kerkuk shahridagi bayroq muammosi haqidagi bir savolga qarshi esa ushbu masalaga qarshi norozilikning yetkazilganligini aytdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar