TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Shu doirada uyushtirilgan Turkiyaning Hakkari viloyatining Yuksekova tumanidagi amaliyotda 19 terrorist yo’q qilindi.

699344
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk qurolli kuchlari tomonidan Turkiyaning Hakkari viloyatining Yuksekova tumanida terrorga qarshi kurash doirasida uyushtirilgan amaliyotda 19 terrorist yo’q qilindi.

Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra, kecha bir guruh terroristning Turk harbiy bazalarga qarshi hujum qilish tayyorgarligi ichida ekanligi aniqlangan.

Buning ustiga terroristlarga qarshi amaliyot boshlatilar ekan amaliyot, Harbiy-havo kuchlari tomonidan ham qo’llab-quvvatlangan.  

Roppa-rosa 19 terrorist yo’q qilingan ushbu amaliyot chog’ida ikkita DShK zenit-raketa ham qo’lga kiritilgan.

Turkiyaning Bingo’l viloyatida uyushtirilgan amaliyotda esa terroristlar tomonidan foydalanilgan bitta boshpanada qo’lda yasalgan portlaguvchi moddalar uchun ishlatiladigan 15 kg ammiakli selitra topildi.



Aloqador xabarlar