Quvayt amiri Al-Sabah Turkiyaga tashrif buyurdi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Quvayt amiri Al-Sabahni poytaxt Ankaradagi Esenbog’a aeroportida kutib oldi.

695764
Quvayt amiri Al-Sabah Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Quvayt amiri Al-Sabah Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning taklifiga binoan kecha kechqurun Turkiyaga tashrif buyurdi.

Prezident Erdog’an Quvayt amiri Al-Sabahni poytaxt Ankaradagi Esenbog’a aeroportida kutib oldi.

Ikki lider aeroportda yakkama-yakka uchrashdi.

Quvayt amiri Al-Sabahning Turkiyaga tashrifi munosabati bilan Turkiya va Quvayt o’rtasida bir qator soha bo’yicha hamkorlik shartnomasi imzolanishi nazarda tutilmoqda.

Quvayt amiri Al-Sabahga Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an tomonidan Davlat ordeni taqdim etiladi.


Tanlangan kalimalar: #Quvayt , #Quvayt amiri Al-Sabah , #Turkiya , #tashrif

Aloqador xabarlar