Gunter Verheugen Yevropaning Turkiyaga nisbatan siyosatini tanqid qildi

Yevropa Ittifoqining kengayishdan mas’ul sobiq komissari Gunter Verheugen Turkiya bilan bo’lgan munosabatlarda Yevropa katta xatoga yo’l qo’yganini aytdi.

690988
Gunter Verheugen Yevropaning Turkiyaga nisbatan siyosatini tanqid qildi

Yevropa Ittifoqining kengayishdan mas’ul sobiq komissari Gunter Verheugen Yevropaning Turkiyaga nisbatan siyosatini tanqid qildi.

Gunter Verheugen Germaniyaning ARD-1 telekanalida efirga uzatilgan ko’rsatuvda, Turkiyaga qarshi bo’lgan bir guruh deputatlar orasida Turkiyani himoya qildi.

Gunter Verheugen Turkiya bilan bo’lgan munosabatlarda Yevropa katta xatoga yo’l qo’yganini aytdi.

Turkiyaga qarshi olib borilgan siyosat samimiy emasligini aytgan Gunter Verheugen bu xatodan voz kechish kerakligini tilga oldi.

Ko’rsatuvdagi deputatlarning “Turk vazirlarni vatanimizda ko’rishni xohlamaymiz” degan so’zlari evaziga Gunter Verheugen ularga nisbatan qattiq tanqid ifodalarini tilga oldi.

Germaniyada 4 mln dan ortiq turk yashaganini eslatgan nemis siyosatchi Gunter Verheugen bu insonlar o’z vatani haqida ma’lumot olishga va turk siyosatchilarini tinglash huquqiga ega ekanini aytdi.

“Germaniyada ifoda erkinligi haqiqatdan bormi? bu savolni o’zimizga berishimiz kerak”,- deya ogohlantiradi nemis siyosatchi.

Yevropa Ittifoqi Turkiyaga bergan va’dasini bajarmaganini eslatgan nemis siyosatchi Gunter Verheugen: “Bu yerda noto’g’ri bo’lgan Turkiyaning siyosati emas, balki Yevropaning siyosatidir”,-dedi.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar