Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Mush viloyatida o’tkazilgan mitingda so’zga chiqdi

15 iyul voqealari paytida Fathulloh Gulen harakatining asl yuzi fosh etilganini aytgan Binali Yildirim: “Fathulloh Gulen harakati bilan terror tashkiloti PKK hamkordir”,-dedi.

685250
Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Mush viloyatida o’tkazilgan mitingda so’zga chiqdi

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Mush viloyatida o’tkazilgan mitingda so’zga chiqdi.

U ma’ruzasida butun dunyoda avj olgan terrorizmga e’tibor qaratdi.

15 iyul voqealari paytida Fathulloh Gulen harakatining asl yuzi fosh etilganini aytgan Binali Yildirim: “Fathulloh Gulen harakati bilan terror tashkiloti PKK hamkordir”,-dedi.

“Bular bitta markazdan boshqariladi. Hozirda shuni aniq guvohi bo’lib turibmizki, PKK terror tashkiloti va qotil Fathulloh Gulen harakati turklar, kurdlar va arablarga yaxshilik xohlamayotir. Bular tashqi kuchlar tomonidan boshqariladi. Bularning egasi mintaqada o’z manfaatlariga mos tuzum yaratish uchun qardosh xalqlarni bir-biriga dushman qilishga harakat qilmoqda. Fathulloh Gulen harakati dinni niqob qilib olgan qotil terror tashkilotidir. PKK ham davlatni bo’lishga uringan terror tashkilotidir. Bularning din bilan hech qanday aloqasi yo’q. Bular qotillar to’dasidir”,-deya ma’ruza qildi Binali Yildirim.

Turkiyaning sharqida obodonlashtirish faoliyatlari jadallik bilan davom etganini aytgan Binali Yildirim ta’lim, salomatlik, transport, energiya va ommaviy turar-joy barpo etish kabi bir qator sohalarda katta ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, 16 aprelda yangi konstitutsiyani ovozga qo’yish uchun referendum o’tkaziladi va bu referendum natijasida Turkiyada boshqaruv sistemasi o’zgaradi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #miting , #Binali Yildirim , #ma'ruza , #terrorizm

Aloqador xabarlar