Prezident Erdog'an Pokistonda o'tayotgan navbatdagi IHT Sammitida liderlarga xitob etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an Pokistonda, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a'zo davlat liderlariga xitob etar ekan o'z so'zida Kipr muammosi va Tog'lik Qorabog' masalasini ham unutgani yo'q.

682179
Prezident Erdog'an Pokistonda o'tayotgan navbatdagi IHT Sammitida liderlarga xitob etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an Yaqin Sharqdagi terror tashkilotlarining yo’q qilinishi kerakligini aytdi.

Pokistonga poytaxti Islomobodda uyushtirilgan 13-Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida liderlarga xitob etgan Erdog’an,

“Eng avvalo Suriya, Iroq va Yaman kabi mamlakatlarda oqqan qonni to’xtatishimiz darkor” dedi.

Shuningdek Erdog'an o’z so’zida, Turkiyaning elektr energiyasiga bergan ahamiyatini ta’kidlab, a’zo mamlakatlarni bir-biri orasida siyosiy hamkorlik o’rnatishga chaqirdi.

Prezident Erdog'an;

“Mavjud raqamlar salohiyatimizni keng namoyon etolmaganligimizning ko’rsatkichidir.  Savdo sohasida mamlakatlar hamkorligining ortishi uchun havo yo’li, avtomobil va dengiz yo’llari transporti va xizmati sifatini orttirishimiz kerak” dedi.

Erdog’an Turkiyaning ko’plab muhim loyihalarni yo’lga qo’yganligini eslatib o’tar ekan, bu loyihalarning mintaqa davlatlariga ham foyda olib kelishini ifodaladi.

Erdog’an armanlar tomonidan, Ozarbayjonning Tog’lik Qorabog’ mintaqasini bosib olinishining ham qabul qilinmay turgan darajada noto’g’ri ekanligini aytar ekan bu muammoning ko’rmaslikka olinolmasligini ta’kidladi.

Prezident Erdog'an Kipr muammosiga ham to’xtalar ekan tashkilotga a’zo davlatlarni, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bilan hamjihatliklarini mustahkamlashga chaqirdi.  

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an Pokistonga kecha yetib borar ekan poytaxt Islomobodda, Pokiston Prezidenti Husayn Mamnun tomonidan liderlar hurmatiga berilgan kechki ovqat ziyofatida ishtirok etdi.

Matbuotga yopiq ravishda o’tgan ziyofat 1 soat 30 daqiqa davom etdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an ziyofat ortidan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.

Ushbu uchrashuv ham matbuotga yopiq ravishda o’tar ekan qariyb 50 daqiqa davom etdi.

Prezident Erdog'an kecha Pokiston Bosh vaziri Navaz Sharifni ham qabul qilgan edi.

 



Aloqador xabarlar