Prezident Erdog'an joriy yilning mart oyida Rossiyaga boradi

Prezident Erdog'anning ushbu ziyorati chog’ida, Turkiyaning Rossiyadan S-400 rusumidagi raketa mudofaa tizimini xarid qilib olishi masalasining ham kun tartbiga olib chiqilishi kutilmoqda.

679429
Prezident Erdog'an joriy yilning mart oyida Rossiyaga boradi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an 2017-yilning 9-10-marti kunlari Rossiyada bo’ladi.

Erdog’an poytaxt Moskvada Turkiya-Rossiya Oliy darajali hamkorlik kengashi yig’ilishida ishtirok etadi.

Prezident Erdog'anning ushbu ziyorati chog’ida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin  bilan uchrashishi rejalashtirilmoqda.

Ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning qayta tiklangan mana shu kunlarida savdo va iqtisodiy hamkorlikning orttirilishi bilan Turkiyaning Rossiyadan S-400 rusumidagi raketa mudofaa tizimini xarid qilib olishi masalasining Erdog’anning mart oyidagi Rossiya ziyorati chog’ida kun tartibiga olib chiqilishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar