Binali Yildirim:"Referendum natijasi qanday bo'lishidan qat'iy nazar Turkiya bo'linmaydi"

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Chankaya ko'shkida gazeta, televideniye va xabar agentliklarining bosh muxarrirlari bilan majlis o'tkazdi.

678064

Suhbat chog'ida, Binali Yildirim 16 aprel kuni bo'lib o'tadigan referendum natijasi qanday bo'lishidan qat'iy nazar Turkiya bo'linmasligini aytdi.

"Anketalarga e'tibor bermayman. 16 aprel kungi referendum natijalariga qarab ish yuritamiz",-deydi Binali Yildirim.

Binali Yildirim: "Turkiyadagi barcha insonlar biz uchun teng. 80 mln aholining barchasini bag'rimizga bosamiz. Faqatgina terror tashkilotlari bundan mustasno",-dedi.

Fathulloh Gulenning Amerikadan Turkiyaga ekstraditsiya qilish talabiga doir savolga javoban Binali Yildirim shunday javob berdi:

"Biz Fathulloh Gulenni o'zimiz sud qilishni istaymiz. Uning ekstraditsiya qilinishini xohlaymiz. Lekin, boshqa davlatga qochirib yuborilishi biz uchun musibat bo'ladi",-dedi.

Suriyada sulh bitimini doimiylashtirish uchun Amerikaning ham bu mintaqada o'zini namoyon qilishi kerakligini aytgan Binali Yildirim: "Albattaki, Suriyada tashqi kuchlar qolmasligi kerak. Suriya suriyaliklarniki, ya'ni Suriya xalqiniki bo'lishi kerak",-dedi.

Aloqador xabarlar