Prezident Erdog'an kecha Turkiyaning Elazig’ va Malatiya viloyatlarida bo’ldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an ham Elazig'da, ham Malatiyada mahalliy aholiga xitob etar ekan o'z xitobi davomida rejimning o’zgarishi haqidagi tanqidiy mish-mishlarga ham javob berdi.

675387
Prezident Erdog'an kecha Turkiyaning Elazig’ va Malatiya viloyatlarida bo’ldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an kecha Turkiyaning Elazig’ va Malatya viloyatlarida bo’ldi.

Elazig’ va Malatya aholisiga xitob etgan Prezident Erdog'an; “Adolat va taraqqiyot partiyasi, Milliyatchi harakat partiyasi, Respublika xalq partiyasi va Xalqlarning demokratik partiyasi a’zolari qardoshlarim, keling bir butun bo’laylik” deya gapirdi.

Rejimning o’zgarishi haqidagi tanqidiy fikrlarga ham javob bergan Erdog’an, “Respublikamiz, abadiy yashaydi” dedi.   

Erdog’an, Malatyadagi ikkinchi armiya qo’mondonligini ham ziyorat qildi.  

Ostonada Prezidentning kelishini kutib turgan fuqarolar bilan salomlashgan Erdog’anni u yerda 2-Armiya qo’mondoni general leytenant Ismail Metin Temel kutib oldi.

General leytenant Ismail Temel Prezident Erdog'anga qo’mondonligi tomonidan sovg’a taqdim etdi.

Ortidan sharaf daftarchasiga qo’l qo’ygan Prezident, Malatya ziyoratini tamomlab, poytaxt Anqaraga qaytdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Prezidnet Erdog'an , #Elazig' , #Malatiya

Aloqador xabarlar