Bosh vazir Binali Yildirim Maltada, Turkiya-YI munosabatlarini qo'lga oldi

Bosh vazir Binali Yildirim Malta Bosh vaziri Joseph Muscatning taklifiga binoan 2017-yilning 17-fevrali kuni Maltaga borar ekan u yerda avval ham aytilganidek Turkiya-Yevropa ittifoqi munosabatlarini qo’lga oldi.

675028
Bosh vazir Binali Yildirim Maltada, Turkiya-YI munosabatlarini qo'lga oldi

Bosh vazir Binali Yildirim Yevropa ittifoqining, o’zining kelajakdagi g’oyasini ko’rib chiqishi kerakligini eslatib, Turkiyaning Yevropa ittifoqiga yuk bo’lish uchun emas aksincha Yevropa ittifoqining yukini bo’lishish uchun unga a’zo bo’lmoqchi ekanligini ma’lum qildi.   

Bosh vazir Yildirim Turkiya-Malta biznes forumida so’zlagan nutqida,

“Yevropa ittifoqi bugungi kunning shart-sharoiti ostida o’zining kelajagdagi g’oyasini birma-bir ko’rib chiqisihi darkor. Sizningcha Angliya nima uchun Yevropa ittifoqi a’zoligidan chiqmoqchi? Dunyoning boshqa davlatlari Yevropa ittifoqi to’g’risida qanday fikrda? Eng avvalo mana shularning baholanishi kerak. Yevropa ittifoqi shunga qarab Turkiya bilan bo’lgan munosabatini takror qo’lga olishi lozim. Biz Yevropa ittifoqiga yuk bo’lish uchun emas aksincha Yevropa ittifoqining yukini bo’lishish uchun unga a’zo bo’lmoqchimiz” dedi.

Bosh vazir Binali Yildirim, Turkiya bilan Malta o’rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish niyatida ekanliklarini eslatib, “Oxirgi 2 yil davomida savdo hajmimizning jiddiy ravishda kamayganligi kuzatildi. Albatta bu global inqiroz oqibatida yuz bergan o’tkinchi vaziyatdir. Bu muammoni hal qilish uchun qo’limizda imkonimiz bor degan fikrdaman” dedi.



Aloqador xabarlar