Turkiya Ichki ishlar vaziri Shanliurfa viloyatida sodir bo'lgan terrorchilik harakati haqida...

"Bu hujumni sodir qilgan terror tashkiloti PKKning nomi bu davlatdan butunlay o'chiriladi",-deydi Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu.

674991
Turkiya Ichki ishlar vaziri Shanliurfa viloyatida sodir bo'lgan terrorchilik harakati haqida...

Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Shanliurfa viloyatida sodir bo'lgan terrorchilik harakatiga doir bayonot berdi.

Sulaymon Soylu bir bolaning hayotiga zomin bo'lgan terrorchilik harakatini qoraladi.

"Bu hujumni sodir qilgan terror tashkiloti PKKning nomi bu davlatdan butunlay o'chiriladi",-deydi Sulaymon Soylu.

U "Bu davlat erkin va demokratik davlat. Bu davlat dunyoning eng rivojlangan, taraqqiy etgan va farovon davlatlaridan biriga aylanadi",-dedi.

Adolat vaziri Bekir Bozdag': "Bu hujum nafaqat adliy xodimlarga nisbatan balki, huquqqa, adolatga, millatimizga va davlatimizga nisbatan sodir qilingan terrorchilik harakatidir",-dedi.

"Hech qaysi terror tashkiloti Turkiyani terrorizmga qarshi kurashidan voz kechira olmaydi",-dedi Bekir Bozdag'.

Darvoqe, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an ham Shanliurfa viloyati hokimiga qo'ng'iroq qilib, vaziyat haqida ma'lumot oldi.

Eslatma: Bugun, 17 fevral juma kuni soat 20:00 atrofida Turkiyaning Shanliurfa viloyati Viranshehir tumanida prokuror va sudyalar yashagan kommunal bino yaqinlarida kuchli portlash sodir bo'ldi.

Portlash oqibatida 3 yoshdagi bir bola halok bo'ldi. Portlashda ko'plab aholi yaralandi.

 



Aloqador xabarlar