Bosh vazir Binali Yildirim Maltada

Rasmiy uchrashuvlarda Maltaning Yevropa ittifoqi davriy rahbarligi ortida Turkiya-YI munosabatlari bilan mintaqaviy va xalqaro masalalarning qo’lga olinishi kutilmoqda.

674167
Bosh vazir Binali Yildirim Maltada

Rasmiy uchrashuvlarda Maltaning Yevropa ittifoqi davriy rahbarligi ortida Turkiya-YI munosabatlari bilan mintaqaviy va xalqaro masalalarning qo’lga olinishi kutilmoqda.

Malta Bosh vaziri Joseph Muscatning taklifiga binoan Maltaga borgan Bosh vazir Binali Yildirim hozirda poytaxt La Vallettaga yetib bordi.  

Yildirimni aeroportda Malta Transport va infratuzilma vaziri Joe Mizzi bilan Turkiyaning La Valletta elchisi Reha Keskintepe va boshqa vakillar kutib oldilar.

Binali Yildirimga ushbu safarida turmush o’rtog’i Semiha Yildirim, Oila va ijtimoiy siyosatlar vaziri Fatma Betul Sayan Kaya, Yevropa ittifoqi vaziri va Bosh muzokarachi O’mer Chelik, Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Yoshlar va sport vaziri Akif Chag’atay Kilich, Xalq ta’limi vaziri Ismet Yilmaz va Sog’likni saqlash vaziri Rejep Akdag’ ham hamrohlik qilmoqda.

Aytib o'tish joizki Bosh vazir Yildirim Malta Bosh vaziri Joseph Muscatdan tashqari Prezident Marie Louise Coleiro Preca tomonidan ham qabul qilinadi.   

Ushbu ziyorat doirasida ikkala mamlakat o’rtasida biznes forumi ham uyushtiriladi.

Bosh vazir Yildirim, Maltaga safar qilishdan oldin poytaxt Anqarada joylashgan Esenbog’a nomidagi aeroportda bayonot berar ekan Maltaning ilgaridan beri Turkiyaning YI a’zoligi borasida ijobiy ko’z qarashda bo’lib kelganligini eslatib,

“Maltaning bu ko’z qarashini davom ettirajagiga ishonchimiz komil” degan edi.

Turkiya bilan Maltaning geografik jihatdan yaqinligini va siyosiy munosabatlarining ijobiy tomonda yo’l olganligini va buning iqtisodiyotda ham o’zini ko’rsatganligini ta’kidlagan Yildirim, turk tadbirkorlarining Maltada, port sohasi bo’sh bo’lish bilan birga yana boshqa bir necha tarmoqga investitsiya kiritganligiga va kiritishni davom ettirayotganligiga e’tibor qaratdi.  

Yildirim ushbu ziyorat doirasida uyushtiriladigan biznes forumining ham, ikki mamlakat o’rtasidagi savdo hajmining yana-da orttirajagini qayd etdi.  

 



Aloqador xabarlar