AQSh Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi Joseph Dunford Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Kecha 2017-yilning 16-fevrali kuni Ozarbayjonda, Rossiya Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi Valeriy Gerasimov bilan uchrashgan AQSh Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi Josef Dunford bugun Turkiyaga tashrif buyurmoqda.

674291
AQSh Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi Joseph Dunford Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Amerika Qo’shma Shtatlari Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi Joseph Dunford Turkiyaga tashrif buyurmoqda.  

Fikri Ishik NATO Mudofaa vazirlari yig’ilishida ishtirok etish maqsadida hozirda Belgiyada bo’lar ekan u yerda Dunfordning Turkiya ziyorati haqida bayonot berdi.  

Ishik, Dunfordning bugun poytaxt Anqarada Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Hulusiy Akar bilan nozik bir masala ustida uchrashuv o’tkazajagini qayd etdi.

Uchrashuvning eng asosiy moddasi Suriya bo’ladi.

Fikri Ishik ushbu uchrashuvda Turkiya va Amerikaning, harbiy jihatdan Rakka amaliyotini birgalikda amalga oshirib oshirmaslik masalasini ham baholashlarini ma’lum qildi.  

Texnik faoliyatlar ortidan qaror qabul qilinajagini qayd etgan Ishik, “AQSh, PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYD/ YPG terror tashkilotiga bo’lgan ko’z qarashimizni ham baholaydi. PKK terror tashkilotiga qarshi kurashimizda bizni yana-da ko’proq qo’llab-quvvatlaydi” dedi.

Suriyaning al-Bob shahrini terroristlardan qutqarish amaliyotiga ham to’xtalgan Milliy Mudofaa vaziri,

“Bundan buyon ikkita rejamiz bordir; biri Manbijni, ikkinchisi esa Rakkani qutqarishdir” dedi.  

Amerikaning Markaziy razvedka boshqarmasi raisi Mike Pompeo ham birinchi chet el ziyoratini o’tgan hafta Turkiyaga qaratgan edi.

Pompeoning ziyoratida PYD/ YPG va Fetullahchi terror tashkiloti bosh bo’lish bilan birga yana da boshqa bir necha dolzarb masalalar qo’lga olingan.



Aloqador xabarlar