Turkiya Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Umid Yalchin Vashingtonda...

Umid Yalchin Amerikaning poytaxti Vashingtonda AQSh kotibligi, Mudofaa vazirligi va Milliy xavfsizlik kengashi vakillari bilan uchrashdi.

673528
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Umid Yalchin Vashingtonda...

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Umid Yalchin Amerikaning poytaxti Vashingtonda AQSh kotibligi, Mudofaa vazirligi va Milliy xavfsizlik kengashi vakillari bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda Umid Yalchin amerikalik mutasaddilar bilan terror tashkiloti PKKning Suriyadagi PYD terror tashkiloti bilan aloqasi, Fathulloh Gulen harakati boshlig’i Fathulloh Gulenni Turkiyaga ekstraditsiya qilish masalasi hamda Turkiya-Amerika aloqalariga yaqindan ta’sir ko’rsatgan mavzularni muhokama qildi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Umid Yalchin amerikalik mutasaddilar bilan amalga oshirilgan uchrashuvlar unumli o’tganini ma’lum qildi.

Ma’lum bo’lishicha, mazkur uchrashuvlar yaqinda amalga oshirilishi rejalangan oliy darajali muzokaralarga tayyorgarlik sifatida o’tkazildi.

Umid Yalchin Turkiyaning Amerika hukumatidan talab va istaklarini ma’lum qildi.

Ma’lumki, Turkiya Amerikadan terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkori PYDni qurol bilan ta’minlamaslikni va Turkiya davlatiga qarshi mahfiy tashkilot tuzib, isyon ko’targan Fathulloh Gulenni Turkiyaga ekstraditsiya qilishni talab qilmoqda.

Bundan tashqari, Suriyada xavfsiz hudud tashkil qilish masalasi bilan bir qatorda, o’zaro munosabatlarni yaqindan qiziqtirgan masalalar muhokama qilindi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar