Turkiya Adolat vaziri Bekir Bozdag' Germaniyani qoraladi

Turkiya Adolat vaziri Bekir Bozdag' Germaniyada 4 nafar turk imomning uyiga politsiya tomonidan bosqin uyushtirilganini qoraladi.

674015
Turkiya Adolat vaziri Bekir Bozdag' Germaniyani qoraladi


Turkiya Adolat vaziri Bekir Bozdag' Germaniyada 4 nafar turk imomning uyiga politsiya tomonidan bosqin uyushtirilganini qoraladi.

Bu imomlar Turkiya Din qo'mitasi tomonidan Germaniyaga tayinlangan edi.

"Turk imomlarning uyiga bosqin uyushtirilganini qoralaymiz. Germaniya rasmiylari o'z xohshiga ko'ra harakat qilishni bas qilishi kerak",-deydi Bekir Bozdag'.

Bekir Bozdag'ning fikricha, bu bosqinlar xalqaro shartnomalar bilan Germaniya konstitutsiya poymol qilinganini ko'rsatadi.

Qolaversa, haqsiz va yolg'on iddaolar, bosqinlar ikki davlat munosabatlariga zarar beradi.

Vaholanki, Germaniya Turkiyaga terroristlarni ekstraditsiya qilmayotir.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Germaniya , #Turkiya , #Bekir Bozdag' , #imom , #bosqin

Aloqador xabarlar