Prezident Erdog'an Qatar ziyoratini tamomlab Madinaga bordi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an Ko’rfaz davlatlariga qaratilgan ziyorati doirasida bugun Madinada bo'ladi.

673326
Prezident Erdog'an Qatar ziyoratini tamomlab Madinaga bordi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an Qatardagi rasmiy ziyorati ortidan Madinaga qarab yo’l oldi.

Prezident Erdog'anni Madinada Shahzoda Muhammad bin Abdulaziz boshchiligidagi hay’at kutib oldi.

Erdog’an boshchiligidagi hay’at Madinada Hazrati Muhammadning qabri ham o’rin olgan Masjidi Nabaviyni ziyorat qiladi.

Prezident Erdog’anga Madina ziyorati chog’ida turmush o’rtog’i Emine Erdog’an, Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Hulusiy Akar, Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Berat Albayrak, Milliy razvedka tashkiloti maslahatchisi Hakan Fidan ham hamrohlik qildi.

 

 



Aloqador xabarlar