Fikri Ishik AQSh Mudofaa vaziri James Mattis bilan uchrashdi

NATO Mudofaa vazirlari yig'ilishida Turkiya nomidan ishtirok etgan Milliy Mudofaa vaziri Fikri Ishik bir necha o’zaro uchrashuv amalga oshirdi. Shu doirada AQSh Mudofaa vaziri James Mattis bilan ham birinchi uchrashuvini amalga oshirdi.

673335
Fikri Ishik AQSh Mudofaa vaziri James Mattis bilan uchrashdi

Belgiya poytaxti Bryusselda NATO Mudofaa vazirlari yig'ilishida Turkiya nomidan ishtirok etgan Milliy Mudofaa vaziri Fikri Ishik bir necha o’zaro uchrashuv amalga oshirdi.

Fransiya Mudofaa vaziri Jean-Yvers Le Drian, Britaniya Mudofaa vaziri Michael Fallon, Ispaniya Mudofaa vaziri Mariya Dolores va Italiya mudofaa vaziri Roberta Pinotti bilan uchrashgan Fikri Ishik Amerika Qo’shma Shtatlari Mudofaa vaziri James Mattis bilan ham birinchi uchrashuvini amalga oshirdi.

Yangi Amerika hukumati nomidan birinchi marotaba ishtirok etilgan NATO yig’ilishida Mattis, AQSh Prezidenti Donald Trumpning “odilona yuk bo’lishish” talabiga e’tibor qaratdi.

Uchrashuvda har ikki tomon ham bugungi NATO majlislarida muzokara qilingan mavzularda Turk va AQSh tomoni ko’z qarashlarining oxshashlik jihatlarini qo’lga oldilar.  

Mattisning aytishicha, 2016-yilning 24-avgusti kuni boshlatilgan va Suriyaning shimolini terroristlardan qutqarishni ko’zda tutgan Firat qalqoni amaliyoti davomida AQSh va koalitsiya kuchlari Turkyani yana-da ko’proq qo’llab-quvvatlaydi.

Fikri Ishik ham Suriyadagi DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashda AQShning, PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYD/YPG bilan birgalikda kurash olib borayotganligidan bezovta ekanligini yana bir bor yetkazdi.

Ishik bu borada,

“Terrorga qarshi bunday yo’l bilan kurash olib borishlik muvaffaqiyatli natijalanmaydi. Bir terror tashkiloti, ikkinchi terror tashkilotiga almashtirilmaydi” dedi


Tanlangan kalimalar: #Fikri Ishik , #NATO , #James Mattis , #Mudofaa vaziri

Aloqador xabarlar