Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Qatar ziyoratini yakunladi

Qatar va Turkiya o'rtasida asosan, harbiy sohada hamkorlikni rivojlantirish, mudofaa sanoati va investitsiya hajmini oshirish kabi strategik mavzularda kelishib olindi.

673193
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Qatar ziyoratini yakunladi

 

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Qatar ziyoratini yakunladi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'anning Qatar ziyorati chog'ida, Qatar va Turkiya o'rtasida asosan, harbiy sohada hamkorlikni rivojlantirish, mudofaa sanoati va investitsiya hajmini oshirish kabi strategik mavzularda kelishib olindi.

Bundan tashqari, Suriya va Iroq bilan bir qatorda, mintaqaviy masalalar uchrashuvlardagi dolzarb mavzulardan biri bo'ldi.

Ohirgi ikki yil ichida Turkiya va Qatar o'rtasida turli sohalarda 30 dan ortiq shartnoma imzolandi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'anning ziyorati Qatar Amiri Shayh Al Sani tomonidan berilgan ziyofatdan so'ng o'z nihoyasiga yetdi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Qatardan jo'nab ketdi.

 

 



Aloqador xabarlar