Turkiya Janubiy Kipr Rum boshqaruvining qaroriga e'tiroz bildirdi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi:“Rumlarda mavjud bo’lgan Kiprdagi turklarni orolning bir fuqarosi sifatida qabul qilmaslik tushunchasi o’zgarmagan taqdirda, Kiprda yechim sa’y-harakatlari o’z natijasini bermaydi”

672693
Turkiya Janubiy Kipr Rum boshqaruvining qaroriga e'tiroz bildirdi

Turkiya Janubiy Kipr Rum boshqaruvi majlisi tomonidan olingan qarorga qarshi e’tiroz bildirdi.

Bunga sabab, Janubiy Kipr Rum boshqaruvi majlisi tomonidan maktablarda “Enosis bayrami”ni o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilganligidir.

Ma’lumot uchun: “Enosis” 1930 yillarda Birlashgan Qrollik tomonidan boshqarilgan Kipr orolining Yunonistonga qo’shilishi ma’nosini bildiradi.

Eslatib o’tish joizki, 1921 yilning 25 mart kuni Go’zalyurt hududining Serhatko’y qishlog’ida rum xalqining ziyolilari Kipr orolining Yunonistonga qo’shilishini talab qiladi. Ular shunday niyat bilan Birlashgan Qrollik hukumatiga murojaat qiladilar, lekin bu talab inobatga olinmaydi.

1925 yilga kelib vaziyat taranglashadi va turk-rum to’qnashuvlari avj ola boshlaydi.  Kiprlik rumlar onavatan deb qabul qilgan Yunoniston bilan birlashish maqsadida yuritgan tashviqotlari natijasida, Birlashgan Qrollik idorasiga qarshi isyon ko’taradilar.  Bu isyon natijasida 6 kishi halok bo’ldi va ko’plab inson yaralandi. Nikoziyadagi hukumat binosi namoyishchilar tomonidan yoqib yuborildi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi: “Rum hukumati bu qarorni 20 iyul-Kipr tinchlik harakati bilan 15 noyabr-Shimoliy Kipr Turk Respublikasining mustaqillik kuniga tenglashtirishi mantiqsizdir va qabul qilib bo’lmaydigan holatdir”.

Bayonotda: “Rumlarda mavjud bo’lgan Kiprdagi turklarni orolning bir fuqarosi sifatida qabul qilmaslik tushunchasi o’zgarmagan taqdirda, Kiprda yechim sa’y-harakatlari o’z natijasini bermaydi”,-deb yozildi.

O’ta millatchi Milliy xalq jabhasi tomonidan taklif qilingan va Janubiy Kipr Rum boshqaruvi majlisi tomonidan 10 fevral kuni qabul qilingan Kiprning Yunonistonga qo’shilishini nazarda tutgan “1950 yil Enosis referendumining rum maktablarida bayram qatorida qutlanishi” to’g’risidagi qaroriga doir Shimoliy Kipr Turk Respublikasi majlisi tomonidan qabul qilingan mushtarak dekloratsiyada Kiprdagi turk xalqining havotirlari o’z aksini topdi.

Mazkur dekloratsiya dushanba kuni qabul qilindi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji Rum lider Nikos Anastasiadisni ushbu qarorni bekor qilishga chaqirdi.

Turkiya tomonidan ham bu qarorning bekor qilinishi talab qilingani eslatildi.

 

 



Aloqador xabarlar