Prezident Rajap Tayyip Erdog'an Qatarda

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an Ko’rfaz davlatlariga qaratilgan ziyorati doirasida bugun Qatarda.

672498
Prezident Rajap Tayyip Erdog'an Qatarda

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an Ko’rfaz davlatlariga qaratilgan ziyorati doirasida bugun Qatarda.

Poytaxt Doxa shahrida Qatar Energiya va sanoat vaziri Muhammad al-Sada va Qatarning Anqara elchisi Salim Muborak al-Shafiy, Turkiyaning Doxadagi elchisi Ahmet Demirok bilan elchilik vakillari tomonidan kutib olingan Prezident Erdog’an, sobiq Qatar Amiri Shayh Hamad bin Halifa al-Soniy bilan uchrashdi.

Prezident Erdog’an bugun ham Qatar Amiri Shayh Temim bin Hamad al-Soniy tomonidan rasmiy marosim nilan kutib olinadi.

Prezident Erdog’an Qatarda, o’zaro va hay’atlararo uchrashuv o’tkazadi.

Ushbu ziyorat, 2016-yilning dekabr oyida Turkiyaning Trabzon shahrida bo’lib o’tgan Turkiya-Qatar oliy strategik qo’mita yig’ilishi ortidan amalga oshmoqda.

Qo’mitaning birinchi yig’ilishi 2015-yilning dekabr oyida Qatar poytaxti Doxa shahrida o’tkazilgan edi.

Prezident Erdog’anga Qatar ziyorati chog’ida turmush o’rtog’i Emine Erdog’an, Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Hulusiy Akar, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li, Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Berat Albayrak, Milliy Mudofaa vaziri Fikri Ishik bilan Milliy razvedka tashkiloti maslahatchisi Hakan Fidan ham hamrohlik qildi.



Aloqador xabarlar