TRT Suriyalik ko'chmanchilarning sasi bo'ladi...

Turkiya Radio Televideniya Tashkiloti orqali ko'chmanchilarning sasi dunyoga eshittirilmoqda.

672257
TRT Suriyalik ko'chmanchilarning sasi bo'ladi...

Turkiya Radio Televideniya Tashkiloti (TRT) orqali ko'chmanchilarning sasi dunyoga eshittirilmoqda.

TRT, hujjatli filmlar, multfilm va xususiy dasturlar bilan, Suriyalik ko'chmanchilarning sasi bo'ladi.

Bu sohada olib boriladigan faoliyatlar uchun TRT bilan Tabiiy Ofarlar va Shoshilinch Vaizyatlar Boshqarmasi (AFAD) o'rtasida hamkorlik protokoli imzolandi.

Ushbu protokol doirasida, AFADning Suriyalik ko'chmanchilar bilan aloqali yuritgan faoliyatlar, TRT World orqali xalqaro maydonda tanitiladi.

Chodirlarda yashaganlar, hayotini yuqotganlar, keksa insonlarning hikoyalari, ta'lim va salomatlik faoliyatlari AFADning yordamlari, TRT tomonidan tayyorlanadigan hujjatli filmlarda joy oladi.

TRT, Suriyalik bir qahramon bola bilan aloqali multfilm tayyorladi.

TRT Bosh direktori Shenol Go'ka, imzo marosimida so'zlagan nutqida, hamkorlikning ahamiyatiga va bundan keyin yaxshi ishlar olib borishdan umidvor ekanini bildirdi.

"Bu protokol bilan turli tashkilotlarda ishlagan ko'chmanchilar bilan aloqali faoliyatlarni dunyoga ma'lum qilamiz" dedi.

AFAd rahbari Mehmet Halis Bilden esa, TRTning har sohada AFADni dastaklaganini bildirib, bu protokol bilan bundan davomli o'zgarish kiritishlarini izohladi.

Bilden, "Tahminan 6 yildan buyon, Prezidentimiz Erdo'g'an izlagan siyosat doirasida 3 million atrofida kochmanchiga mezbonlik qilinmoqda. Turkiya davlati sifatida, barcha tashkilotlarimiz bilan, mazlumlarning tarafidamiz. Bundan keyin TRT katta mas'uliyat olib faoliyatlarni bu shakilda davom ettiradi" deb ifoda etdi.

 



Aloqador xabarlar