Germaniyada 28-Biofach tabiiy mahsulotlar yarmarkasi ochiladi

Yarmarkaga Turkiyada faoliyat ko’rsatgan Egey eksportchilar jamiyatidan jami 20 nafar firma qatnashadi.

670957
Germaniyada 28-Biofach tabiiy mahsulotlar yarmarkasi ochiladi

Shu yilning 15-18 fevral kunlari Germaniyaning Nurnberg shahrida 28-Biofach tabiiy mahsulotlar yarmarkasi ochiladi.

Mazkur yarmarkada Turkiyada ishlab chiqilgan tabiiy mahsulotlar namoyish qilinadi.

Egey eksportchilar jamiyati ma’lum qilishicha, ohirgi yillarda jahon miqyosida tabiiy oziqlanish va to’g’ri iste’mol qilish tushunchasi rivojlanishi bilan tabiiy mahsulotlarga bo’lgan talab ortdi.

Shu sababli, inson sog’ligi uchun foydali bo’lgan tabiiy mahsulotlarga rag’bat tobora ortib bormoqda.

Yarmarkaga Turkiyada faoliyat ko’rsatgan Egey eksportchilar jamiyatidan jami 20 nafar firma qatnashadi.

Ular o’z mahsulotlarini iste’molchilar e’tiboriga havola qiladi.



Aloqador xabarlar