Turk askari El Bab tumaniga kirib borgan...

Prezidentlik voizi Ibrahim Kalin, Suriyada Daishga qarshi harbiy operatsiya olib borgan Turk askarining, El Bab tumaniga kirganini ma'lum qildi.

668174
Turk askari El Bab tumaniga kirib borgan...

Prezidentlik voizi Ibrahim Kalin, Suriyada Daishga qarshi harbiy operatsiya olib borgan Turk askarining, El Bab tumaniga kirganini ma'lum qildi.

Ibrahim Kalin, xususiy bir televideniya kanalida mavzuga doir savollarga javob qaytardi.

"Turk askari El Babga kirgan, lekin Esad kuchlari bilan qarama-qarshi bo'lmaslik uchun Rossiya bilan uchrashuvlar olib bormoqda" deb ifoda etdi.

Ibrahim Kalinga Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'anning Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump bilan telefon orqali bo'lib o'tgan suhbati haqida savol berildi.

Kalin, suhbatda Suriya mavzusining ham kun tartibiga kelganini bildirib, AQSh Prezidenti Trumpning 5 ming kilometr xavfsiz hudud vujudga keltirish taklifini ijobiy deb baholaganini ifoda etdi.

Ibrahim Kalin, Trumpning, 15 iyul to'ntaruv tashabbusidan keyin Fethullah Terror tashkiloti (FETO) ning Amerikadagi to'da Boshi Fethulloh Gulenni Turkiyaga qaytarib berish mavzusida zudlik bilan faoliyatga o'tishlarini bildirdi.

Voiz, bir boshqa savolga, 15 Iyul kuni to'ntaruvga tashabbus etgandan keyin Yunonistonda qochib ketgan 8 askarni qaytarib bermaslikning ham o'ziga ko'ra natijasi bo'lishini izohladi.



Aloqador xabarlar