Amerikaning Markaziy razvedka boshqarmasi raisi Mike Pompeo ertaga Turkiyada bo’ladi

Mike Pompeoning Turkiyaga tashrif buyurishi haqidagi ma'lumotni Prezident Erdog'an, Donald Trump bilan bo'lgan muloqati ortidan ma'lum qildi.

667825
Amerikaning Markaziy razvedka boshqarmasi raisi Mike Pompeo ertaga Turkiyada bo’ladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump bilan uchrashganidan keyin Amerikaning Markaziy razvedka boshqarmasi raisi Mike Pompeoning ertaga Turkiyada bo’lishini aytdi.

Turkiya ziyorati Pompeoning birinchi chet el ziyorati hisoblanadi.

Pompeoning ushbu ziyorat doirasida, turk rasmiylar bilan PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYD bilan Fetullahchi terror tashkiloti (FETO)  bosh bo’lish bilan birga kun tartibidagi dolzarb masalalarini muhokama qilishi qayd etildi.

Erdog’an bilan Trump telefon orqali amalga oshirgan muloqatida ham Turkiya va AQSh sifatida, har qanday terror tashkilotiga qarshi kurashni davom ettirish borasida qarorli ekanliklarini bir-biriga ma’lum qilgan shuningdek ular, eng qisqa vaqt ichida yana uchrashuv o’tkazish borasida kelishib oldilar.



Aloqador xabarlar