Evfrat qalqoni operatsiyasida 51 ta terrorist o’ldirilgan

Turkiya Harbiy bosh shtabi ma’lum qilishicha, operatsiyada DAIShga tegishli 200 ta ob’yekt portlatilgan.

665246
Evfrat qalqoni operatsiyasida 51 ta terrorist o’ldirilgan

Turkiya Qurolli kuchlari mamlakatga chegaradosh Suriya shimolida Evfrat qalqoni operatsiyasini davom ettirmoqda.

DAISh terror tashkilotini bartaraf etish maqsadida olib borilgan operatsiyada so’ngi ma’lumotlarga ko’ra, 51 ta terrorist o’ldirilgan.

Turkiya Harbiy bosh shtabi ma’lum qilishicha, operatsiyada DAIShga tegishli 200 ta ob’yekt portlatilgan.

Turk jangovar samolyotlari El Bab va Bzagah hududlarida aniqlangan DAIShga tegishli 65 ta ob’yektni portlatgan.

Havo operatsiyasida DAISh tomonidan qo’llanilgan 56 ta bino va 3 ta qarorgoh yer bilan yakson qilindi.

Koalitsiya kuchlari tomonidan El Bab hududida aniqlangan DAISh ob’yektlariga 8 marta havodan hujum qilindi.

Hujumda 2 ta mudofaa ob’yekti bilan qurolga to’la 2 ta transport portlatilgan.

Evfrat qalqoni operatsiya 165 kunni ortda qoldirdi.

Muvaffaqiyatli davom etgan operatsiya doirasida bugungacha jami 228 nafar tuman va qishloqlar bilan 1880 km kvadratlik maydonda nazorat to’liq qo’lga olindi.

“DAISh terror tashkilotining asosan Kilis tumanida sodir qilayotgan terrorchilik harakatlari to’xtatilgan”-deyiladi Turkiya Qurolli kuchlari bayonotida.

Bundan tashqari, mamlakat bo’ylab terror tashkiloti PKKga qarshi kurash ham keskin davom etmoqda.

Bir hafta ichida Turkiyaning Shirnak, Tunjeli, Diyarbakir, Bitlis va Ag’ri viloyatlarida olib borilgan operatsiyada 3 ta terrorist o’ldirildi.

 

 



Aloqador xabarlar