Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li rasmiy ziyorat bilan bugun Lotin Amerikaga jo’nab ketdi

Lotin Amerika bilan Karib mamlakatlari o’rtasidagi munosabatlarini mustahkamlash uchun faol tashqi siyosat kuzatib borgan Turkiya o’zaro oliy darajali ziyorat va yig’ilishlar orqali siyosiy munosabatlarining ham rivojlanishiga alohida e’tibor bermoqda.

661511
Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li rasmiy ziyorat bilan bugun Lotin Amerikaga jo’nab ketdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li rasmiy ziyorat bilan bugun Lotin Amerikaga jo’nab ketdi. Chavusho’g’li ushbu ziyorati chog’ida Argentina, Paragvay, Dominik Respublikasi va Meksikada bo’ladi.

Chavusho’g’li Lotin Amerikada eng avvalo Argentinaga uchraydi. Chavusho’g’lining bugungi Argentina ziyorati 2010-yili yuz yilligini to’ldirgan Turkiya-Argentina munosabati ortidan  Tashqi ishlar vazirligi saviyasida amalga oshirilgan birinchi ziyorat bo’lish xususiyatiga ega.  

Avvaldan ikki mamlakat o’rtasida savdo, turizm, madaniyat va ilmiy hamkorlik sohalarida ko’plab o’zaro kelishuvlarga qo’l qo’yilgan. 2011-yili esa Aviatsiya transporti borasidagi shartnoma, Kon qazib olish sanoati va Diplomatik akademiyasi o’rtasidagi hamkorlikto’g’risidagi anglashuv memorandumi imzolandi.

Chavusho’g’lining bugungi ziyorati chog’ida Turkiya bilan Argentina o’rtasida Bojxona masalalarida hamkorlik va o’zaro yordam ko’rsatish shartnomasiga qo’l qo’yiladi.   

Tashqi ishlar vaziri Argentina ziyorati ortidan Paragvayga boradi. Bu ziyorat esa Turkiyadan Paragvayga qaratilgan birinchi Tashqi ishlar vaziri saviyasidagi ziyorat bo’lish xususiyatiga ega.  

Ziyorat chog’ida Turkiya-Paragvay o’rtasidagi “Aviatsiya transporti” bilan “Do’stlik va hamkorlik” kelishuviga qo’l qo’yilishi kutilmoqda.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li Paragvay ortidan Dominik Respublikasida bo’ladi. Ziyorat chog’ida o’zaro munosabatlarni mustahkamlash va mintaqaviy tashkilotlardagi hamkorlik imkonlari muhokama qilinadi.  

Tashqi ishlar vaziri Lotin Amerika sayohatini 2017-yilning 3-fevrali kuni Turkiyaning Janubiy Amerikadagi birinchi strategik hamkori hisoblangan Meksika bilan tamomlaydi.

Lotin Amerika bilan Karib mamlakatlari o’rtasida o’zaro munosabatlarini mustahkamlash uchun ayniqsa oxirgi yillarda yana-da faol tashqi siyosat kuzatib borgan Turkiya o’zaro oliy darajali ziyorat va yig’ilishlar orqali siyosiy munosabatlarining ham rivojlanishiga, savdo, iqtisodiy, harbiy, madaniy va texnik hamkorlik shartnomalarining imzolanishiga, savdo sohasining targ’ib qilinishi va diplomatik vakil orqali madaniy hamkorlikning orttirilishiga alohida e’tibor bermoqda.   

Lotin Amerika-Turkiya hamkorligini qanday va qaysi tarmoqlarda rivojlantirish mumkinligini aniqlash maqsadida 1998-yili yo’lga qo’yilgan “Lotin Amerika va Karib mamlakatlari faoliyat rejasi” yangilangan 2006-yil Turkiyada, “Lotin Amerika va Karib mamlakatlar yili” deb e’lon qilingan edi.

 



Aloqador xabarlar