Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Mozambik Respublikasiga tashrif buyurdi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an poytaxt Mapota shahrida Mozambik Prezidenti Filip Jajinto Nyusi tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

658368
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Mozambik Respublikasiga tashrif buyurdi
erdoğan, mozambik2.jpg

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Tanzaniya safarini yakunlab, Sharqiy Afrikaning Mozambik davlatiga tashrif buyurdi.

U ziyoratini Qahramonlar maydonida joylashgan Matola yodgorligiga gulchambar qo’yish bilan boshladi.

R.T.Erdog’an poytaxt Mapota shahrida Mozambik Prezidenti Filip Jajinto Nyusi tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an va Mozambik Prezidenti Filip Jajinto Nyusi marosimda o’z o’rnini egallagach, ikki davlatning milliy gimni kuylandi.

Erdog’an marosimda Mozambik prezidentlik gvardiyasiga salom berdi.

So’ngra, Erdog’an va Nyusi prezidentlik saroyiga tashrif buyurdi va o’zaro uchrashuvlar bilan bir qatorda, hay’atlararo uchrashuvlar amalga oshirilmoqda.

Mozambik Prezidenti Filip Jajinto Nyusi o’zaro uchrashuvdan so’ng, mushtarak matbuot anjumani o’tkazadi.

Uchrashuvda ikki davlat o’rtasidagi o’zaro aloqalar va savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilinadi.

Shuningdek, mamlakatda o’z faoliyatiga ega bo’lgan Fathulloh Gulen harakatiga qarshi kurash masalasi ham atroflicha muhokama qilinadi.

Turkiya Mozambik hukumatidan Fathulloh Gulen harakatining faoliyatiga chek qo’yishini talab qiladi.

Bundan tashqari, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Turkiya-Mozambik tadbirkorlar forumiga qatnashadi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning Mozambik ziyorati mamlakatda yashagan musulmonlarni quvontirdi.

Erdog’anning tashrifiga katta e’tibor ko’rsatgan Mozambik aholisi, bu ziyoratning ikki mamlakat aloqalarini rivojlantirishiga va xalqlar o’rtasidagi do’stlikni yanada mustahkamlashtirishiga katta ishonch hosil qilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar