Turkiya Fathulloh Gulen harakatining Tanzaniyadagi faoliyatiga chek qo'yilishini talab qildi

R.T.Erdog’an:“Fathulloh Gulen harakatining Tanzaniyada faoliyati borligini bilamiz”.

657830
Turkiya Fathulloh Gulen harakatining Tanzaniyadagi faoliyatiga chek qo'yilishini talab qildi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning Tanzaniya ziyorati davom etmoqda.

Erdog’an Tanzaniyada o’tkazilgan tadbirkorlar forumida so’zga chiqdi.

U so’zlagan nutqida Turkiyada sodir bo’lgan 15 iyul voqealariga to’xtalib o’tdi.

“Afsuski, Fathulloh Gulen harakati gumanitar yordam, tijorat va ta’lim kabi sohalardan foydalanib, dunyoning turli mamlakatlarida o’z kuchiga ega bo’lgan. Ushbu mahfiy terror tashkilotining Tanzaniyada faoliyati borligini bilamiz”,-deydi Erdog’an so’zlagan nutqida.

Terrorizm butun dunyoning boshiga tushgan kulfat ekaniga e’tibor qaratgan Erdog’an: “Fathulloh Gulen harakati 248 kishini F-16 jangovar samolyotlar bilan qatl qildi. 2193 kishi yaralandi. Men shunga ishonamanki, Tanzaniya bundan keyingi jarayonda Fathulloh Gulen harakatiga qarshi qattiq chora ko’radi”,-dedi.

“Tarixda uch qit’aga hukmdorlik qilgan ota-bobolarimiz boshqa mintaqalarda imperialist maqsadlar bilan harakat qilmagan. Turklarning Afrikaga bo’lgan e’tibori o’z manfaati uchun emas, balki ko’ngil rishtalariga borib taqaladi”,-deydi Prezident Erdog’an.

Shuningdek, so’zlagan nutqida BMTning tuzilishini tanqid qilgan Erdog’an: “Keling birlashaylik! Dunyoning taqdiri besh davlatning qo’lida emas degan holda BMTga a’zo 193 davlatning barchasi navbat bilan nazoratni qo’lga olsin. Doimiy a’zo, o’tkinchi a’zo degan adolatsizlik bekor qilinsin. Barcha davlatlar doimiy a’zo sifatida navbat bilan 2 yil muddat bilan vazifa olib borsin. Buni ro’yobga chiqarishga majburmiz. Agar buni amalga oshiradigan bo’lsak, dunyoning taqdiri yaxshi tomonga o’zgaradi”,-dedi.

Tanzaniya Prezidenti John Pombe Joseph Magufuli va rafiqasi Janeth Magufuli Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an va rafiqasi Emina Erdog’an sharafiga ziyofat berdi.

Prezidentlik saroyida berilgan ziyofatga Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’lu va rafiqasi Nigar Hulya Chavushog’lu, Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi va rafiqasi Ayshen Zeybekchi, Energiya va Tabiiy manbalar vaziri Berat Albayrak tashrif buyurdi.

 

 



Aloqador xabarlar