TQK, terrorga qarshi kurash doirasida yana 22 terroristni qo’lga tushirdi

Turk qurolli kuchlari yana bir bor F-16 uchoqlari orqali Iroqning shimolida joylashgan Qandil mintaqasidagi PKK terror tashkiloti obyektlariga qarshi hujum qildi.

656493
TQK, terrorga qarshi kurash doirasida yana 22 terroristni qo’lga tushirdi

Turk qurolli kuchlari yana bir bor F-16 uchoqlari orqali Iroqning shimolida joylashgan Qandil mintaqasidagi PKK terror tashkiloti obyektlariga qarshi hujum qildi. Ushbu hujum chog’ida terroristlarga oid boshpana va qurol-yaroq mavzelari  ham nishonga olinib, vayron qilinar ekan shuningdek 22 terrorist qo’lga tushirildi.  

Terror tashkilotiga qarshi kurash doirasida havo hujumi Turkiyaning Adiyaman viloyati qishloqlarida ham amalga oshirildi.

Bu doirada terroristlar tomonidan foydalanilganligi aniqlangan obyektlar yo’q qilindi.

Hozirda mintaqada maxsus guruh tomonidan tekshiruv faoliyatlari boshlatildi.

PKK terror tashkilotiga qarshi olib borilgan amaliyot doirasida, tashkilotning moliyaviy manbaalariga ham katta zarba berildi.

Shu doirada Turkiyaning Diyarbakir viloyati, Lije tumani qishloqlaridagi 6 ta boshpanada 1 835 kg narkotik modda qo’lga kiritildi.

G’or va boshpanalardan topilgan ro’zg’or ashyolari esa yo’q qilindi.



Aloqador xabarlar