TBMMda konstitutsiyasiga o’zgartirish kiritsh taklifi qabul qilindi

Turkiya Respublikasi konstitutsiyasining 18 ta moddasiga o’zgartirish kiritsh taklifi TBMM Yalpi yig’ilishida qabul qilindi. Yig’ilishda 339 deputat ishtirok etib, ovoz berdi.

656335
TBMMda konstitutsiyasiga o’zgartirish kiritsh taklifi qabul qilindi

Turkiya Buyuk Millat Majlisining konstitutsiyaga atalgan ish kuni va nihoyat o’z yakuniga yetdi.

Turkiya Respublikasi konstitutsiyasining 18 ta moddasiga o’zgartirish kiritsh taklifi TBMM Yalpi yig’ilishida qabul qilindi. Yig’ilishda 339 deputat ishtirok etib, ovoz berdi.

Taklifning eng muhim moddasi Prezidentning  “davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i” ekanligini bayon etgan 8-modda hisoblanadi.

Yangi tizim Bosh vazirlik lavozimini olib tashlashni talab qiladi.

Prezident o’zining o’rinbosarlari bilan vazirlarni tayin qilish va ularni vazifasidan chetlatish, ijro to’g’risida qarornoma chiqarish, favqulodda vaziyat e’lon qilish huquqiga ega lekin majlis favqulodda vaziyat jarayoniga aralasha oladi yani nomi tilga olingan vaziyat majlis qarori bilan bekor qilinishi mumkin.

Yangi tizimga ko’ra Majlis, Prezident faoliyatlarini tekshirish huquqiga ham ega.

Yangi tartibga ko’ra Prezident haqida “jinoyatga qo’l urdi” degan iddio bilan tergov boshlatilishi talab qilina oladi. Talabning majlisdagi mutloq ko’pchilik tomonidan yetkazilishi yetarlidir. Buning Oliy sudga yuborilishi uchun esa 400 deputat ovoz berishi kerak.

Hakamlar va prokurorlar Oliy kengashining nomi Hakamlar va prokurorlar kengashi deb o’zgartiriladi.

A’zo soni 22 nafardan 13 nafarga qisqartiriladi. Kengash 2 ta bo’lim sifatida ish olib boradi.

Kengashning 7 nafar a’zosini majlis, 4 nafar a’zosini Prezident tayin qiladi.   

Taklifga ko’ra TBMM saylovlari 4 yilda 1 marotaba emas, 5 yilda 1 marotaba o’tkaziladi. Prezidentlik saylovi ham huddi TBMM saylovlaridek 5 yilda 1 marotaba bo’ladi va saylovchilar ikkala saylov uchun ham bir kunda ovoz beradi. Cheklangan vaqti tugagan deputat takror saylanish huquqiga ega.

Jarayon rejalashtirilgandek davom etgudek bo’lsa unda 2017-yilning aprel oyida Turkiyada referendum bo’ladi.

 


Tanlangan kalimalar: #TBMM , #Turkiya Respublikasi , #konstitutsiya

Aloqador xabarlar