TQK: “Firat qalqoni amaliyoti doirasida bugungacha roppa-rosa 2085 terrorist qo’lga tushirildi”.

Turkiya Respublikasi Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi oxirgi bir hafta mobaynida ham Turkiyadagi, ham da chet eldagi terrorga qarshi kurash va terror hujumlarining oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida hisobot berdi.

651227
TQK: “Firat qalqoni amaliyoti doirasida bugungacha roppa-rosa 2085 terrorist qo’lga tushirildi”.

Suriyaning shimolini terroristlardan qutqarish maqsadida Turk qurolli kuchlari rahbarligida 2016-yilning 24-avgusti kuni boshlatilgan Firat qalqoni amaliyoti doirasida bugungacha jami 2085 terrorist qo’lga tushirildi. Ulardan 1775 nafarining DEASh, 310 nafarining esa PKK/PYD terror tashkiloti a’zosi ekanligi aniqlanar ekan jami terroristlarning 1 518 nafari o’ldirildi.

Turkiya Respublikasi Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi oxirgi bir hafta mobaynida (2017-yilning 6-yanvaridan 12-yanvarigacha) ham Turkiyadagi, ham da chet eldagi terrorga qarshi kurash va terror hujumlarining oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida hisobot berdi.   

Ushbu hisobatga ko’ra, DEASh terror tashkiloti hujumlarining oldini olish va tinch aholini himoya qilish maqsadida olib borilgan Firat qalqoni amaliyoti doirasida Azaz-Jarablus liniyasida 1 870 kvadrat kilometrlik maydon nazorat ostiga olingan.  

Amaliyot davomida bugungacha Turk Harbiy-havo kuchlari qo’mondonligi tomonidan, 1 141 obyektga qarshi 1 233 ta bomba tashlandi shuningdek yuqorida ham aytib o’tganimizdek jami 2085 terrorist qo’lga tushirildi. Ulardan 1775 nafarining DEASh, 310 nafarining esa PKK/PYD terror tashkiloti a’zosi ekanligi aniqlanar ekan jami terroristlarning 1 518 nafari o’ldirildi.

Turkiyada olib borilgan amaliyotlar orqali ham terror tashkiloti a’zolari yo’q qilinmoqda.

Shu doirada Turkiyaning Shirnak, Diyarbakir, Batman va Bingo’l viloyatlarida terroristlarga oid ekanligi aniqlangan 53 boshpanadan ko’plab qurol va o’q-dori yo’q qilindi. Shuningdek 8 nafar terrorist qo’lga tushirildi.  

 

 



Aloqador xabarlar