Gruziya Tashqi ishlar vaziri Mikheil Janelidze, Turkiyadagi 15-iyul voqeasini baholadi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan uyushtirilgan “2023-yil tomon: Milliy qadriyatlar va global maqsadlar” deb nomlangan 9-Favqulodda va Muxtor Elchilar konferensiyasi poytaxt Anqarada davom etmoqda.

648775
Gruziya Tashqi ishlar vaziri Mikheil Janelidze, Turkiyadagi 15-iyul voqeasini baholadi

Tashqi ishlar vazirligining “2023-yil tomon: Milliy qadriyatlar va global maqsadlar” deb nomlangan 9- Favqulodda va Muxtor Elchilar konferensiyasi davom etmoqda.

Poytaxt Anqarada davom etayotgan konferensiyada ko’plab Tashqi ishlar vazirlari ham ishtirok etmoqda.  

Gruziya Tashqi ishlar vaziri Mikheil Janelidze, an’anaviy holga aylangan konferensiyaning birinchi chet ellik mehmoni hisoblanadi.

Ushbu konferensiyada Janelidze, Fetullahchi terror tashkiloti, Parallel Davlat tuzilmasining 2016-yilning 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusini baholadi.

O’z davlatini va demokratiyasini katta fidokorlik bilan himoya qilgan turk xalqining jur’atini ta’kidlamoqchi ekanligini tilga olgan Janelidze,

“Ana shu dahshatli voqea ortidan Gruziya Bosh vaziri Giorgi Kvirikashvili, Turkiya demokratiyasining yonida ekanligini ma’lum qildi. Gruziya, Turkiya bilan turk xalqini oxirigacha qo’llab-quvvatlashini yetkazgan birinchi davlatlardan biri edi. Turkiya bu voqealar ortidan yana da rivojlanib ketadi” dedi.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li ham Turkiya-Gruziya munosabatlarining muammosiz davom etayotganligini ta’kidladi.

Turkiyaning Gruziyaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligiga katta ahamiyat berganligini va Gruziyaga bu borada berilgan yordamlarning bundan keyin ham davom etajagini belgilab o’tgan Chavusho’g’li,

“Gruziya bilan hech qanday siyosiy muammomiz yo’q. Biz bir-birimizni qo’llab-quvvatlaymiz. Mintaqadagi barcha qiyinchiliklarga qaramay o’zaro savdo hajmimizda ortish kuzatildi” dedi.



Aloqador xabarlar