Izmirdagi teraktni butun dunyo qoraladi

Izmir sud binosi yaqinida uyushtirilgan terakt bilan aloqali dunyodan qoralash va ta'ziya tilaklari.

645623
Izmirdagi teraktni butun dunyo qoraladi

Izmir sud binosi yaqinida uyushtirilgan terakt bilan aloqali dunyodan qoralash va ta'ziya tilaklari.

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frak Walter Steinmeire, bergan yozma bayonotida, Izmirdagi teraktni qoraladi.

"Islomiy, elat yoki ideologik, nima sabab bilian uyushtirilganidan qat'iy nazar" degan iboralar sarf etdi.

Steinmeire, Istanbuldagi teraktdan (yangi yil kechasi) bir necha kun o'tgandan keyin teraktning takrorlanganini ifoda etib, Izmirdan kelgan xabarlardan larzaga tushganini takidladi.

Turk Qurolli Kuchlari xodimining bundan ham yomon natijaning oldini olganiga diqqat qaratgan Steinmer, hayotini yuqotganlarning oilalari va yaqinlariga ta'ziya tiladi.

Izmirdagi teraktni Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSH), Angliya va Avstriyaning Anqara favqulodda elchilari ham ijtimoi media orqali qoraladi.

Amerikaning  Anqara favquodda elchiligi rasmiy twitter hisobidan teraktni nafrat bilan qoraladi.

Bayonotda, "Terorga qarshi mushtarak kurash doirasida Turkiyani qo'llab-quvvatlab, ta'ziya tilaymiz" deb ifoda etildi.

Angliyaning Anqara favqulodda elchisi Richard Moore esa shaxsiy twitter hisobidan yozgan xatida, "Izmirdagi teraktni qoralayman va Turk politsiyachilarining qurbonlar sonining o'rtishini oldini olgan kahramonligini hurmat qilaman" deb ifoda etdi.

Avstriyaning Anqara favqulodda elchisi James Larsen ham shaxsiy hisobidan hujumni qoralab, qurbonlarning oilalariga ta'ziya tiladi.

Larsen, "Bu og'ir kunlarda Avstriya Turkiyani qo'llab-quvvatlaydi" deb bayonot berdi.


Tanlangan kalimalar: #dunyo , #izmirdagi , #teraktni qoraladi

Aloqador xabarlar