Haydar Al-Abadiy:"PKKning Iroqdan turib Turkiyaga hujum qilishiga yo'l qo'ymaymiz"

Poytaxt Bog’doddagi Yashil mintaqada joylashgan hukumat binosida matbuot anjumani o’tkazgan Abadiy: “Konstitutsiyamiz ham bunga yo’l qo’ymaydi”,-dedi.

643747
Haydar Al-Abadiy:"PKKning Iroqdan turib Turkiyaga hujum qilishiga yo'l qo'ymaymiz"

Iroq Bosh vaziri Haydar Al-Abadiy terror tashkiloti PKKning Iroq territoriyasidan foydalanib, Turkiyaga hujum qilishiga yo’l qo’ymasligini aytdi.

Poytaxt Bog’doddagi Yashil mintaqada joylashgan hukumat binosida matbuot anjumani o’tkazgan Abadiy: “Konstitutsiyamiz ham bunga yo’l qo’ymaydi”,-dedi.

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirimning 5 yanvar kuni Iroqqa tashrif buyurishini aytgan Abadiy: “Turkiya Bosh vazirining Iroq ziyorati, o’zaro uchrashuvlar va munosabatlarni mustahkamlashtirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Turkiya va butun mamlakatlar bilan siyosiy, xavfsizlik, savdo-iqtisodiy va tijoriy aloqalarni rivojlantirishni istaymiz”,-dedi.

Iroq Bosh vaziri Musulni DAIShdan qutqarish operatsiyasiga doir ma’lumot berar ekan, xavfsizlik kuchlari DAIShga qarshi oxirgi paytlarda katta ustunlikni qo’lga kiritganini bildirdi.

U terror tashkilotini tubdan bartaraf etish uchun barcha davlatlardan razvedka almashish bo’yicha yordam talab qildi..

Ma’lum bo’lishicha, Musulda DAIShdan tozalangan hududlarda aholiga oziq-ovqat tarqatilmoqda. Maktablar ochilmoqda.

Iroqda terrorizmga qarshi qattiq kurash olib borganini tilga olgan Abadiy Bog’dod, Nejef va Salahaddin hududlarida ro’y berayotgan hujumlar oldida xavfsizlik kuchlari ojizlik qilayotganini, poytaxt va boshqa shaharlarda nazoratni yanada kuchaytirish bo’yicha xavfsizlik kuchlariga buyruq berganini aytdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar