Bu yilgi ilk Vazirlar kengashi yig’ilishi Prezidentlik saroyida bo’lib o’tdi

Ushbu yig'ilishda Bosh vazir o’rinbosari va Hukumat voizi Numan Kurtulmush, yangi yil kuni kechasi Istanbulda sodir etilgan terror voqeasiga to'xtaldi.

643292
Bu yilgi ilk Vazirlar kengashi yig’ilishi Prezidentlik saroyida bo’lib o’tdi

Bosh vazir o’rinbosari va Hukumat voizi Numan Kurtulmush yangi yil kuni kechasi, Istanbulda joylashgan bir kechki klubni qonga bulagan teraktning barmoq izi va bichimining aniqlanganligini ma’lum qildi.

Yilning ilk Vazirlar kengashi, Prezident Rajap Tayyip Erdog’an rahbarligida Prezidentlik saroyida bo’lib o’tdi.

Vazirlar kengashining kun tartibida esa Istanbuldagi terror voqeasi bor edi.

Yig’ilish to’g’risida gapirgan Bosh vazir o’rinbosari va Hukumat voizi Numan Kurtulmush, “Turkiya bu hujumga boyin egmaydi” dedi.  

Kurtulmush, barcha terror tashkilotlariga qarshi bir xil kurash olib borilajagini aytdi.  

Yaqin Sharqda tinchlik o’rnatish tashabbuslarining davom etajagini belgilab o’tgan Kurtulmush, Iroq bilan yangi davrning boshlatilajagini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Kurtulmush,

“Firat qalqoni amaliyoti doirasida Suriyada, muvaffaqiyatli va qarorli olib borilayotgan amaliyotlarning, ham terror tashkilotlarini ham da terror tashkilotlaridan foydalanganlarni bezovta qilayotganligi ma’lum. Ayniqsa oxirgi vaqtlarda maydonda ko’rsatgan muvaffaqiyatimizni hazm qilolmagan kuchlarning, terror harakatini boshqarganligi o’rtaga chiqmoqda” dedi.  

Numan Kurtulmush,

“Siz nima qilishingizdan yoki nima qilmoqchi ekanligingizdan qat’iy nazar Turkiya har qanday tadbirni olishga qodirdir. Terror tashkilotlaridan Turkiya hech qanday ziyon ko’rmaydi. Amaliyotlar uzluksiz davom etadi” dedi.

 



Aloqador xabarlar