Prezident Erdo'g'an, Istanbuldagi terror hujumini nafrat bilan qoraladi

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Istanbuldagi terror hujumi bilan aloqali, "Bunga o'xshash iflos o'yinlarga kelmaymiz" dedi.

642038
Prezident Erdo'g'an, Istanbuldagi terror hujumini nafrat bilan qoraladi

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Istanbuldagi terror hujumi bilan aloqali, "Bunga o'xshash iflos o'yinlarga kelmaymiz" dedi.

Prezident Erdo'g'an, Istanbulda O'rtako'yda bir kecha klubida uyushtirilgan va 39 kishning hayotiga zomin bo'lgan terror hujumi bilan bog'liq bergan yozma bayonotida hujumni qoralanadi.

Erdo'g'an, bayonotida, "Millatimizning huzur va halovatini nishonga olganlar bunga o'xshash hujumlar bilan, barqarorligimizga rahna sola olmaydi, xalqimizning kayfiyatini buzmoqchilar. Lekin biz millat sifatida aqlisalim harakat qilib, bir birimizni qo'llab-quvvatlab, bu iflos o'yinlarga imkon bermaymiz" deb ifoda etdi.

Erdo'g'an, "Terrorga qarshi kurashni davom ettirgan Turkiyaning, o'lkada xavfsizlik o'rnatish uchun nima kerak bo'lsa qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

Erdo'g'an, "O'lka va millat sifatida terrorni orqasidagi kuchlarning qurolli hujumlarini emas, siyosiy, ijtimoiy hujumlariga qarshi ham kurashamiz. Istanbuldagi vahshiyona hujum, terrorni insonlarni ayirmasdan, jon olishni maqsad qilb olganini ko'rsatmoqda" dedi.

 



Aloqador xabarlar