Turkiyada, terrorga qarshi kurash amaliyoti doirasida yana 5 terrorist qo’lga tushdi

Qo’lga tushgan terroristlarning, tashkilotning oliy darajali a’zolaridan ekanligi va Iroqning Qandil mintaqasidagi tashkilot lagerlariga tez-tez borib turganligi ma’lum bo’ldi.

641090
Turkiyada, terrorga qarshi kurash amaliyoti doirasida yana 5 terrorist qo’lga tushdi

Turkiyada PKK terror tashkiloti faoliyatlarini oldini olishga qaratilgan amaliyot oqibatida, tashkilotning oliy darajali a’zolaridan 5 terrorist qo’lga tushdi.

Ichki ishlar vazirligidan olingan ma’lumotga ko’ra, terroristlardan 4 nafari Diyarbakirda, 1 nafari esa Shanliurfada nazorat ostiga olindi.

Terroristlarning, Iroqning Qandil mintaqasidagi tashkilot lagerlariga tez-tez borib turganligi aniqlanganligini ma’lum qilgan manbaalar, terroristlarning ayni vaqtda “qurolli terror tashkiloti tashkil etish va uni boshqarish” shuningdek, “qurolli terror tashkilotiga a’zo bo’lish” jinoyatlaridan ayblanayotganligini qayd etdi.



Aloqador xabarlar