O’q uzishni to’xtatish kelishuvi bugun kechasi, butun Suriya boylab kuchga kiradi

Turkiya, o’q uzishni to’xtatish kelishuvining bugun kechasi nafaqat Suriyaning ma’lum mintaqasida balki butun Suriya boylab kuchga kirajagini ma’lum qildi

640390
O’q uzishni to’xtatish kelishuvi bugun kechasi, butun Suriya boylab kuchga kiradi

Turkiya, o’q uzishni to’xtatish kelishuvining bugun kechasi nafaqat Suriyaning ma’lum mintaqasida balki butun Suriya boylab kuchga kirajagini ma’lum qildi.

Tashqi ishlar vazirligining bu haqida bergan bayonotida,

“Suriyada to’qnashgan tomonlar orasida yurt boylab, 2016-yilning 30-dekabri kuni soat 00:00dan e’tiboran o’q uzishni to’xtatish kelishuvining kuchga kirishi to’g’risida kelishib olindi” deyildi.

Shuningdek,

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi tomonidan terror tashkiloti sifatida qabul qilingan guruhlar bu kelishuv tarkibiga kirmaydi. Bu kelishuvni Turkiya bilan Rossiya Federatsiyasi kafolat sifatida qo’llab-quvvatlamoqda” degan ifodalarga o’rin berildi.  

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin esa Suriya hukumati bilan muxolifat guruhning o’q uzishni to’xtatish kelishuviga qo’l qo’yganligini ma’lum qildi.

Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashgan Davlat rahbari Putin, Damashq rejimi bilan muxolifat ortasida 3 ta hujjatga qo’l qo’yilganligini belgilab o’tdi.

Putin,

“Birinchi hujjat, Suriya tuproqlarida o’q uzishni to’xtatish kelishuvi haqida. Ikkinchi hujjat, o’q uzishni to’xtatish kelishuvini nazorat qilish to’g’risida. Uchunchi hujjat esa, Suriyadagi muammoni hal qilish uchun tinchlik muzokaralarining yana-da quvvatlanishi to’g’risida” dedi.


 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar