Chavusho’g’li, YPGni qurol bilan ta’minlamaganligini yoqlagan AQShga javob berdi

Eslatib o'tamiz: Prezident Erdog’anning AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiyaning, DEASh doxil YPG bilan PYD terror tashkilotlarini qo’llab-quvvatlaganligini aytishi ortidan kecha AQShning Anqara elchiligidan yozma ravishda bayonot berilgan edi.

640103
Chavusho’g’li, YPGni qurol bilan ta’minlamaganligini yoqlagan AQShga javob berdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG terror tashkilotini qurol bilan ta’minlamaganligini yoqlagan Amerika Qo’shma Shtatlariga javob berdi.

Chavusho’g’li,

“Bugungacha AQSh, YPG terror tashkilotini qurol bilan ta’minladi. Tamom-vassalom!” dedi.

Xususiy bir telekanalga intervyu bergan Janob Chavusho’g’li,

“Tarkibida Amerika ham o’rin olgan koalitisya, ma’lum vaqtdan beri Firat qalqoni amaliyotimizga havo hujumi orqali yordam bermay qo’ydi. PYD bilan YPG terror tashkilotini qurol bilan ta’minlamoqda. Tamom-vassalom! Buni ular ham yaxshi biladi, biz ham. AQSh, YPG terror tashkilotiga qurol berdi, Tamom-vassalom! deya gapirdi.  

Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiyaning, DEASh terror tashkiloti doxil YPG bilan PYD terror tashkilotlarini qo’llab-quvvatlaganligini aytishi ortidan kecha AQShning Anqara elchiligidan yozma ravishda bayonot berilgan edi.

Ushbu bayonotda,

“AQSh hukumati, YPG yoki PKK terror tashkilotiga na qurol, na portlaguvchi modda berdi, Tamom-vassalom!” deyilgan edi.



Aloqador xabarlar