Turkiyada “Ilgaz 15 iyul Istiqlol tuneli” xizmatga tayyor...

“Ilgaz 15 iyul Istiqlol tuneli” deb nomlangan tunel bugun mamlakat Prezidenti R.T.Erdog’anning tashrifi bilan ochilmoqda.

638132
Turkiyada “Ilgaz 15 iyul Istiqlol tuneli” xizmatga tayyor...

Turkiyada Chankiri bilan Kastamonu viloyati o’rtasidagi Ilgaz yo’li ustida joylashgan Ilgaz tog’idan tunel o’tkazildi.

“Ilgaz 15 iyul Istiqlol tuneli” deb nomlangan tunel bugun mamlakat Prezidenti R.T.Erdog’anning tashrifi bilan ochilmoqda.

Tunelning og’zi akula balig’ining og’ziga o’xshash ko’rinishga ega bo’lib, biri 5370, keyingisi esa, 5391 metrdan tashkil topgan.

Borish va kelish tuneli natijasida asosan qish oylarida tez-tez uchrab turadigan avtohalokat hodisalarining oldi olinishi maqsad qilingan edi.

Shuningdek, Ilgaz tog’i yo’lida transport qatnovini yana ham xavfsiz va qulay vaziyatga keltirish nazarda tutilgan edi.

Tunel ishga tushishi bilan 16.8 kmni tashkil qilgan Ilgaz tog’ining yo’li uzunligi 5.4 kmga kamaygan holda, jami 11.4 kmga tushadi.

Avvallari 35 daqiqada bosib o’tilgan Ilgaz tog’i yo’li yangi tunel vositasida 8 daqiqa ichida bosib o’tiladi.

Tunel yordamida taxminan bir yil ichida 345655 soatni tejash mumkin,

Bundan tashqari, 8 mln 300 ming litr yoqilg’i tejalishi nazarda tutilmoqda.

Tunelning mamlakat iqtisodiyotiga qo’shgan hissasi 38 mln 200 ming lirani tashkil qilishi taxmin qilinmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar