Andrey Karlov suiqasdiga aloqadorlikda gumon qilingan 13 kishi qo'lga olindi

Rus elchi Andrey Karlovning qotili Mevlud Merd Altintashning Aydin viloyati Soke tumanida yashagan ota-onasi, singlisi, ikkita tog’asi va rafiqalari qo’lga olindi.

634987
Andrey Karlov suiqasdiga aloqadorlikda gumon qilingan 13 kishi qo'lga olindi

Tekshiruvlar natijasida ma’lum bo’lishicha, qo’lga olingan 6 kishidan biri, Karlovning qotili Mevlud Merd Altintash tahsil olgan Izmirdagi “Rushtu Unsal” Politsiya maktabida Fathulloh Gulen harakatiga a’zo bo’lgan politsiya xodimlari bilan yaqindan shug’ullangan.

Qotil Mevlud Merd Altintashning Aydin viloyati Soke tumanida yashagan ota-onasi, singlisi, ikkita tog’asi va rafiqalari qo’lga olingan edi.

Tergov doirasida Ankarada qotil Mevlud Merd Altintash bilan bitta uyda yashagan politsiya xodimi ham qo’lga olindi.

Mana shunday qilib, jinoyatga aloqadorlikda gumon qilingan jami 13 kishi qo’lga olindi.

Eslatma: Rossiyaning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Andrey Karlov 19 dekabr dushanba kuni Ankaradagi bir ko’rgazmada nutq so’zlayotgan paytda otib o’ldirildi.

 

 



Aloqador xabarlar