Prezident Erdog’an yana bir bor, Turkiyaning terrorga qarshi kurashiga e’tibor qaratdi

Prezident Erdog’an Qatar amiri Tamim ibn Xamad al-Soniy bilan Turkiyaning Trabzon viloyatidagi “Shenol Gunesh” deb nomlangan sport kompleksining ochilish marosimida ishtirok etar ekan yana bir bor, Turkiyaning terrorga qarshi kurashiga e’tibor qaratdi.

633637
Prezident Erdog’an yana bir bor, Turkiyaning terrorga qarshi kurashiga e’tibor qaratdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Turkiyaning bir tomondan terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etar ekan ikkinchi tomondan esa maqsadlari tomon yo’l olajagini aytdi.

Erdog’an, Qatar amiri Tamim ibn Xamad al-Soniy bilan Turkiyaning Trabzon viloyatidagi “Shenol Gunesh” deb nomlangan sport kompleksining ochilish marosimida ishtirok etib, xalqqa xitob etdi.

O’z xitobida yana bir bor Turkiyaning terrorga qarshi kurashiga to’xtalgan Erdog’an;

“Terroristlarning maqsadlaridan biri yurtimizni va xalqimizni yo’ldan adashtirib, o’zlarining kun tartibga e’tibor qaratishdir. Ular bizni yo’limizdan adashtira olmaydi. Bizning terrorga qarshi kurashimiz uzluksiz va qarorli ravishda davom etadi. Shu bilan birga yurtimizning rivojlanishiga ijobiy hissa qo’shadigan loyihalarimizni ham amalga oshirishni davom ettiramiz” dedi.

Terror tashkilotlari va ularni qo’llab-quvvatlaganlarga norozichilik bildirgan Erdog’an;

“Siz xohlaganingizni qiling lekin siz bu xalqni bo’lolmaysiz. Siz hujum qilgan sayin mening xalqim birlik uchun chopadi natijada biz yana-da kuchli bo’lamiz. Biz terrorga qarshi kurashimizni bitta terrorist qo’lsa ham davom ettiramiz” dedi.

Erdog’an ochilish marosimiga Qatar amiri Tamim ibn Xamad al-Soniy bilan birgalikda ishtirok etdi.

Marosimda harbiylar bilan politsiya xodimlariga gul berildi.

Shahidlar yodga olinib, Qur’on-i Karim o’qildi.

Tribunalardagi minglab kishi “Shahidlar o’lmaydi, vatan bo’linmaydi” degan shiorlar aytdi.

 



Aloqador xabarlar