Erdog’an bilan Vladimir Putin yana Halab vaziyatini muhokama qildi

Erdog’an bilan Putin ushbu uchrashuvda, Suriya masalasining hal qilinishiga zamin tayyorlash maqsadida muxoliflar bilan rejim kuchlari vakillarini Qozog’istonda uchrashtirish fikrini yana bir bor qo’lga oldi.

633321
Erdog’an bilan Vladimir Putin yana Halab vaziyatini muhokama qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin o’rtasida telefon orqali muloqat bo’lib o’tdi.

Prezident Erdog’an bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin muloqat chog’ida Halabdagi dahshatli voqea bosh bo’lish bilan birga Suriyadagi oxirgi vaziyatni qo’lga oldi. Halabdagi vaziyat yuzasidan Turkiyaning halabliklarni evakuatsiya qilish faoliyatining vaqtinchalik to’xtab qo’lishi ham kun tartibiga olib chiqilgan muloqatda bunga mone’lik qilgan muammoning tezlik bilan hal qilinishi ham ta’kidlandi.

Ikkala lider, mintaqaga gumanitar  yordamning yetkazilishi va muammoni siyosiy yo’llardan hal qilish uchun mushtarak faoliyatni avj oldirish kerakligiga e’tibor qaratdi. 

Erdog’an bilan Putin, Suriya masalasining hal qilinishiga zamin tayyorlash maqsadida muxoliflar bilan rejim kuchlari vakillarini Qozog’istonda uchrashtirish fikrini yana bir bor qo’lga olib, bu doirada Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan o’tkazgan muloqatlariga ham to’xtaldilar.

Vladimir Putin ushbu uchrashuv chog’ida 2016-yilning 17-dekabri kuni Turkiyaning Kayseri viloyatida sodir etilgan teraktni qoralab, Turk xalqiga ta’ziya izhor etdi.



Aloqador xabarlar