Halapdagi tinch aholi Turkiyaning g'ayrati bilan Idlibga ko'chiriladi

Suriyada Eron boshchiligidagi shiya jangarilar bilan Beshar Asad kuchlari tomonidan qamal qilingan Halap viloyatida sulh bitimini qaytatdan tiklash uchun Turkiya bor kuchini ishga soldi.

630874
Halapdagi tinch aholi Turkiyaning g'ayrati bilan Idlibga ko'chiriladi

Suriyada Eron boshchiligidagi shiya jangarilar bilan Beshar Asad kuchlari tomonidan qamal qilingan Halap viloyatida sulh bitimini qaytatdan tiklash uchun Turkiya bor kuchini ishga soldi.

Shu maqsad bilan Turkiya muxoliflar nomidan, Rossiya esa, rejim kuchlari nomidan sulh bitimiga kafolat berdi.

Bu jarayon muammosiz davom etgan taqdirda, tinch aholi avtobuslar vositasida hududdan xavfsiz joylarga ko’chiriladi.

Turkiya suiste’mol qilingan sulh bitimini qaytatdan tiklash va aholini ko’chirish uchun qattiq diplomatik g’ayrat ko’rsatmoqda.

“Jinoyatlarga ko’z yuma olmaymiz”,-deya ta’kidlagan Prezident R.T.Erdog’an BMT va xalqaro hamjamiyatni bu vaziyatga darhol chora ko’rishga chaqirdi.

Shuningdek, Erdog’an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali Halap masalasini muhokama qildi.

Suhbat chog’ida, sulh bitimining darhol kuchga kirishi, tinch aholi va muxolifatni xavfsiz hududlarga ko’chirishni zudlik bilan amalga oshirish uchun mushtarak g’ayrat ko’rsatish to’g’risida qaror olindi.

Prezident Erdog’an xavfsiz hudud tashkil qilinishi bilan, Suriya aholisiga yashash uchun boshpana va gumanitar yordam yetkazish xususida Turkiya qo’lidan kelgancha yordam ko’rsatishga tayyor ekanini Putinga ifoda etdi.

Turk razvedka manbalari ma’lum qilishicha, Turkiya bilan Rossiya o’rtasida amalga oshirilgan tig’iz muzokaralardan so’ng, sulh bitimi tuzilgan.

Manbalarning yozishicha, Turkiya muxoliflar nomidan, Rossiya esa, rejim kuchlari nomidan sulh bitimiga kafolat bergan.

Qamal ostida bo’lgan hududlardan qutqarib olingan tinch aholi va muxoliflar Suriyaning Idlib viloyatiga ko’chirilishi kutilmoqda.

Chunki, DAISh terror tashkilotidan tozalangan Halapda tinch aholi va muxoliflar bu safar rejim kuchlarining hujumiga uchramoqda.

Suriya-Turkiya chegarasiga yaqin masofada joylashgan Idlib viloyati Hatayning ro’baro’siga to’g’ri keladi.

 



Aloqador xabarlar