Turkiya Milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik Iroqning Turkiyadagi elchisini qabul qildi

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik Iroqning Turkiyadagi favqulodda va muhtor elchisi Hisham Ali Akbar Ibrohim Al Alaviy bilan Iroqdagi vaziyat haqida fikr almashdi.

608653
Turkiya Milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik Iroqning Turkiyadagi elchisini qabul qildi

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik Iroqning Turkiyadagi favqulodda va muhtor elchisi Hisham Ali Akbar Ibrohim Al Alaviyni qabul qildi.

Qabul chog’ida, Iroqning tuproq butunligiga va birligiga katta ahamiyat berilgani qayd etildi.

Mosul yaqinlaridagi Bashika lagerida Turkiya tomonidan harbiy ta’limdan o’tkazilgan kuchlarning xalqaro koalitsiyaga katta hissa qo’shgani qayd etildi.

Bu esa, Iroqni DAISh va boshqa terror tashkilotlaridan qutqarishni maqsad qiladi.

Mosul va uning atrofida Iroq qo’shini tomonidan terror tashkiloti DAIShga qarshi olib borilgan operatsiyalar o’z natijasini berganidan baxtiyor ekanini tilga olgan Fikri Ishik, bu operatsiyalar paytida avvalo Mosul va Telaferga butunlay begona bo’lgan kuchlarning aralashuvi oqibatida yuzaga keladigan tahlikalarga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, suhbat chog’ida, terror tashkiloti PKKning yoki u bilan aloqador bo’lgan oqimlarning ikki davlat tinchligiga zarar beradigan faoliyatlarini oldini olish xususida fikr almashildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar