Germaniya Tashqi ishlar vaziri Steinmeir,Turkiyaning Yevropaga bog’liq  qolishiga ehtiyojimiz bor

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank- Valter Steinmeir,  Yevropa ittifoqi uchun Turkiyaning a’zolik muzokaralarini to’xtatish  tavsiyalariga qarshi ekanini bildirdi.

608469
Germaniya Tashqi ishlar vaziri Steinmeir,Turkiyaning Yevropaga bog’liq  qolishiga ehtiyojimiz bor

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank- Valter Steinmeir,  Yevropa ittifoqi uchun Turkiyaning a’zolik muzokaralarini to’xtatish  tavsiyalariga qarshi ekanini bildirdi.

“ Turkiyaning Yevropaga bog’liq  qolishiga ehtiyojimiz bor.” Dedi.

Steinmeir, Turkiyadagi oxirgi o’zgarishlar va hukumatning siyosati bilan tegishli federal majlisda uyushtirilgan yig’ilishda  muxolafatning tanqidlariga javob berdi.

Steinmeier, 15- noyabr seshanba kuni Turkiyaga safar qilishini va Turkiya terror tahdidi ostida ekanini unutmaslik kerak dedi.

Nemis vazir,

“ Biz Turkiyaning  Yevropaga  bog’liq qolishidan tarafdormiz. Turkiya atrofdagi inqirozlarga qaraganimda Tashqi ishlar vaziri sifatida shuni aytishim lozim. Turkiyaning Yevropaga  bog’liq qolishiga ehtiyojimiz bor.” Deb ma’lum qildi.

 Frank- Valter Steinmeir, Yevropa bilan yaqin aloqalar, Turkiyaga katta foydalar ta’min etganini ifoda etdi.

“ Bu Turkiyaning ham manfaatiga, faqat qaror Turk hukumatiga bog’liq.” Dedi.

Demokratiya va inson huquqlari mavzularida Turkiyani tanqid qilgan ba’zi deputatlarga, Turkiya Yevropa ittifoqi a’zolik muzokaralar jarayonini to’xtatish tavsiyalarini tanqid qilgan  Steinmeir, bu aqlli bir yo’l emas dedi.

Qilgan ma’ruzasida, Fetullahchi terror tashkiloti (FETO) 15- iyul harbiy to’ntarish tashabbusi borasida ham to’xtagan  Steinmeir,

“ Bu Turk demokratiyasining  qalbiga qarata bir hujum edi. “ Shukur qilamizki,  ushbu tashabbus qisqa zamonda muvaffaqiyatsiz bo’ldi. Qurbon bo’lganlar uchun   juda g’amginmiz. U oqshom konstitutsiya va demokratik  tashkilotlarni himoya qilish uchun katta jasorat  ko’rsatgan  insonlarga hayronmiz” deb ma’lum qildi.

Terror tashkiloti DAİSHning hujumlariga va Turkiyaning duch bo’lgan terror tahdidiga diqqat qaratgan Steinmeir,

“ Bizning bu mavzuda uslubimiz juda ochiq. Harbiy to’ntarishni qoralaymiz. Sodir bo’lgan siyosiy va huquq jihatidan tadqiq qilish lozim. Bu mavzuda shubha yo’q. PKK bilan bir qatorda terrorizmning har turini  qoralaymiz va huquq davlati barcha imkonlari bilan  bunga qarshi kurashamiz. Bu bizning uslubimizdir va bunday ham qoladi. “ deb ifoda etdi.

 

 



Aloqador xabarlar