AQSh Donald Trump davrida Turkiyani har jihatdan himoya qiladi.

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) Prezidenti etib saylangan Donald Trumpning xavfsizlik va razvedka  bosh maslahatchisi nafaqadagi  general- polkovnik  Michael Flynn ( Filin), Turkiyaga birinchi o’rinda  imtiyoz  berishini qabul etadigan shaklda tashqi siy

607757
AQSh Donald Trump davrida Turkiyani har jihatdan himoya qiladi.

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) Prezidenti etib saylangan Donald Trumpning xavfsizlik va razvedka  bosh maslahatchisi nafaqadagi  general- polkovnik  Michael Flynn ( Filin), Turkiyaga birinchi o’rinda  imtiyoz  berishini qabul etadigan shaklda tashqi siyosatlarini yangidan tartiblashlari kerakligini ma’lum qildi.

Trump tuzadigan kabinetda, nomi mudofaa vazirligi uchun zikr etilayotgan Maykil Filin, siyosiy analiz sayti The   Hill  uchun “ ittifoqdoshimiz Turkiya inqiroz ichida va himoyamizga ehtiyoji bor” sarlavhali bir maqola yozdi.

Filin, maqolasida, AQShning  yangi davr tashqi siyosatida Turkiyaga birinchi  o’rinda  bo’lishi  kerak dedi.

“ Birinchi o’rinda bo’ladigan  Turkiya, AQSh manfaatlari jihatidan hayoti ahamiyatga ega bir o’lka ekanini anglash bilan ishga boshlash kerak.” Deb baholagan Filin, Turkiya Iroq va Suriyada terror tashkiloti DAİSH bilan kurashda eng kuchli ittifoqdoshimiz  va ayni payda mintaqada barqarorlik manbasi deb ma’lum qildi.

Filin alohida, AQShning Fetullahchi terror tashkiloti Parallel  davlat  tuzilishi (FETO/PDY)ning to’da boshchisiga boshpana bo’lmasligimiz kerak deb ma’lum qildi.

“ Turkiyaning qarashi bilan Vashington, Turkiyaning Usame bin Ladiniga boshpana bermoqda.” Degan Filin,

“ 11- sentabrdan so’ngra Usame bin Ladinni Turkiyada yaxshi bir qishloqda istiqomat qilganini va ayni lahzada Turk xalqining soliqlari bilan   ta’min etilgan 160 maktabni ishlatganini o’rgansak  edik nimalar qilardik? Deb tahlil qildi.

Yangi boshqaruv FETO to’da boshchisi mavzusida Obama davridan farqli bir yo’l izlash ehtimoliga diqqat qaratgan Maykil Filin, FETO to’da  boshchisini mo’tadil sifatida ko’rsatganligini   faqat haqiqiy yuzining ko’ringandan  juda farqli ekanini ma’lum qildi.

Oldin AQShda istiqomat qilgan Turklar bilan uchrashgan Filin, 15- iyul harbiy to’ntarish kirishuviga tegishli “ Turk xalqi madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan juda kuchli. Turkiya iqtisodiyot jihatdan   ham juda sog’lom. Aksi  taqdirda harbiy to’ntarishdan so’ngra barqarorsizlik  bo’lishi  mumkin edi degan edi.”

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Donald Trump , #Michael Flynn , #Himoya , #Turkiya

Aloqador xabarlar