Yevroosiyodan dolzarb mavzular 147-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida Rossiya Federatsiyasi Davlat rahbari Vladimir Putinning Turkiya ziyorati haqida so’z qilamiz.

596982
Yevroosiyodan dolzarb mavzular 147-qism

Aziz dasturimiz muxlislari, Rossiya Federatsiyasi Davlat rahbari Vladimir Putin Energetika bo’yicha 23-Xalqaro kongressda ishtirok etish maqsadida 2016-yilning 10-oktabri kuni 1 kunligiga Istanbulga tashrif buyurdi. Vladimir Putinga Turkiya ziyorati chog’ida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Rossiya Davlat rahbari o’rinbosari Yuriy Ushakov, Kreml voizi Dmitriy Peskov, Rossiya Energetika vaziri Aleksandr Novak, Rossiya Iqtisodiyot vaziri Aleksey Ulyukayev, Rossiya Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Valeriy Gerasimov, Gazprom raisi Aleksey Miller, Rossiyaning yadroviy energiya korporatsiyasi (Rosatom) raisi Aleksey Lihachev va Rosneft kompaniyasi raisi Igor Sechin hamrohlik qildi. Putinning ziyorati kongress bilan cheklanib qolgani yo’q.

Energetika bo’yicha 23-Xalqaro kongress ortidan Turkiya Respublikasi Prezidenti bilan Rossiya Federatsiyasi Davlat rahbari Istanbuldagi Yulduz saroyining Mabeyn ko’shkida uchrashdi. Erdog’an bilan Putin uchrashuvi qariyb 2 soat davom etdi. Uchrashuv ortidan Rossiya tabiiy gazini Turkiya orqali Yevropga olib o’tishni ko’zda tutgan “Turk oqimi tabiiy gaz quvir liniyasi” loyihasi uchun hukumatlararo shartnoma imzolandi. Shartnomaning mazmuni haqida batafsil ma’lumot berilmas ekan Turk oqimi loyihasini qurish faoliyatlarining tezlashtirilajagi aytildi.     

Birinchi marotaba 2014-yilning dekabr oyida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin tomonidan ovoza qilingan Turk oqimi Tabiiy gaz quvir liniyasi loyihasi, ikki liniyadan iborat bo’lib, hajmining jami 32 milliard kub metrni tashkil etadi. Liniyalardan birining to’g’ridan-to’g’ri Turkiyaga uzatilishi, ikkinchisining esa Turkiya orqali Yevropaga olib o’tilishi rekalashtirilmoqda.

Davlat rahbarlari uchrashuv ortidan matbuot anjumani uyuhstirib, bayonot berdi. Bayonot chog’ida Prezident Erdog’an “Bugun hurmatli kasbdoshim bilan mazmunli uchrashuv o’tkazdik. Turkiya bilan Rossiya o’rtasidagi munosabatning yo’lga qo’yilish jarayonining shunday davom etishiga ishonchim komil” dedi.  Vladimir Putin esa tabiiy gazni Turkiyaga arzon narxda sotish uchun ko'rsatma berganligini aytdi. Shuningdek turk-rus munosabatlarining kosmosda ham o’zini ko’rsatajagini ifodaladi. Putin, “Kosmos sohasida ham hamrolik qilamiz. Bu to’g’risidagi faoliyatlarimiz davom etmoqda. Roskosmos turk sputniklarini kosmosga uchiradi” dedi. Uchrashuv ortidan Erdog’an, Putinni xizmat mashinasigacha kuzatib qo’ydi.

Prezident voizi Ibrahim Kalin ham Energetika bo’yicha 23-Xalqaro kongress ortidan matbuot anjumani uyushtirib anjumanda Erdog’an-Putin uchrashuvida Rossiya bilan mudofaa sanoati sohasida hamkorlik qilish boyicha kelishib olinganligini bildirdi. Kreml ham Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan Rossiyadan havo mudofaa tizimi xarid qilib olish ehtimolini gaplashganliklarini bildirdi.   

Ikki lider uchrashgan kunlarga nazar tashlagudek bo’lsak unda Rossiya-Turkiya munosabatlarining yo’lga qo’ylishini ta’minlaguvchi say-harakatlarning birin-ketin o’zini yaqqol ko’rsatib kelayotganligini ko’rishimiz mumkin. Masalan, rus hukumati 11-oktabr kuni qabul qilgan qaror bilan Turkiyadan kelgan apelsin, mandarin, o'rik, shaftoli va olxo'rini man etilgan maxsulotlar ro’yhatidan chiqardi. Bu haqida Vladimir Putin Istanbulda ham ma’lumot bergan edi.

Rossiya Energetika vaziri va Rossiya-Turkiya hukumatlararo komissiyasi raisdoshi Aleksandr Novak 12-oktabr kuni Anqara va Moskvaning ikki mamlakat o’rtasidagi telekommunikatsiya sohasi bilan roamning tarif narxlarini tushirish to’g’risida muzokara olib borilganligini aytdi.

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari, yuz bergan uchoq inqirozidan keyin Putin bilan Erdog’an yuzma-yuz 3 marotaba uchrashib, 4 marotaba telefon orqali gaplashdi. Turkiya-Rossiya munosabatlari jadal ravishda iziga tushmoqda. Bu vaziyat, ham bu ikki davlat ham da mintaqa davlatlari uchun zaruriydir. Suriya muammosi bosh bo’lish bilan birga Iroq, Qorabog’, terrorga qarshi kurash kabi mavzularda Turkiya-Rossiya hamkorligi, energetika, mudofaa sanoati, iqtisodiyot va turzm kabi sohalardagi o’zaro munosabatlarni tez kunlarda eng oliy darajaga olib chiqadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar