Oxirgi bir hafta mobaynida Turkiyada 105 terrorist o’ldirildi

Turkiya boylab davom etayotgan PKK terror tashkilotiga qarshi kurashda oxirgi bir hafta mobaynida terroristlarga og’ir darba berildi.

598819
Oxirgi bir hafta mobaynida Turkiyada 105 terrorist o’ldirildi

Turkiya boylab 20-26-oktabr kunlari amalga oshirilgan amaliyot natijasida PKK terror tashkiloti a’zosidan 105 terrorist o’ldirildi.

Yo’q qilingan terroristlar orasida tashkilot yetakchilaridan hisoblangan va tashkilotning mukofotga sazovorlar ro’yxatida o’rin olgan 3 terroristi ham o’rin olgan.

Amaliyotlar chog’ida shuningdek ko’plab o’q-dorilar qo’lga kiritildi, tashkilotga oid boshpanalar vayron qilinib, ularga og’ir darba berildi.

Turkiyaning Mardin va Tunjeli viloyatlarida esa xoin tashkilotning portlaguvchi modda yuklangan 2 ta mashinasi qo’lga tushirildi.

Amaliyotlar orqali, bahor oylarida keng ko’lamli hujumlar uyushtirgan tashkilotga og’ir darba berildi.

Bunga qarshi tashkilot a’zolari qo’chish payiga tushar ekan, ular orasidan 7 terroristning tashkilot yetakchilari tomonidan qatl qilinganligi haqida ma’lumot olindi.

 



Aloqador xabarlar